Prezident Buxoro tibbiyot institutining yangi binosini borib ko‘rdi
21:50 11.08.2023 (yangilandi: 23:16 11.08.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro tibbiyot institutining yangi bionosini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Buxoro Tibbiyot institutining yangi binosi 900 o‘rinli bo‘lib bugungi kunda u yerda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosini borib ko‘rdi.
Yangi tibbiy majmua 900 o‘rinli o‘quv binosi, 200 o‘rinli klinika, simulyatsiya o‘quv markazi, vivariy, sport zali, 1 ming 200 o‘rinli talabalar yotoqxonalari va oshxonani o‘z ichiga olgan. Uning ichida Immunologiya va inson genomikasi instituti filiali ham tashkil etilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro tibbiyot institutining yangi bionosini borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro tibbiyot institutining yangi bionosini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bugungi kunda institutda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bular davolash, pediatriya, stomatologiya, oliy hamshiralik ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati va farmatsiya.
- Bu Yangi O‘zbekistonga munosib oliygoh bo‘ldi. Endi u ilmi bilan xalqimizga xizmat qilishi kerak. Yurtimizda Tibbiyot akademiyasi, ixtisoslashgan ilmiy markazlar, hududlarda institutlar bor. Bu ilmiy salohiyat qanday qilib xalqqa yetib boradi? Buning uchun ularni hududlarga biriktirish, sog‘lom tibbiy-ijtimoiy muhit yaratish kerak. Mas’ul mahallasida kasalliklar kamayishiga qarab, mutaxassislarga ustama berish mumkin. Obrazli aytganda, profilaktika nuqtayi nazaridan 36 million aholi ustida “soyabon bo‘lish” kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aytish joizki, yangi bino qurilmasdan oldin, ushbu ta’lim maskani o‘tgan asrning 50-60-yillarida qurilgan binolarda va tarqoq joylashgan edi. O‘zining klinikasi ham yo‘q edi.
Shu bilan prezidentning Buxoro viloyatiga tashrif yakunlandi, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro tibbiyot institutining yangi bionosini borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro tibbiyot institutining yangi bionosini borib ko‘rdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana