O‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘istonga tashrif buyurdi – foto

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaO‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘istonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘istonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Qozog‘istonning Aqtau shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Aqtau xalqaro aeroportida mehmonlarni Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov faxriy qorvul hamrohligida kutib oldi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Vizit ministra oboroni Uzbekistana Baxodira Kurbanova v Kazaxstan  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Vizit ministra oboroni Uzbekistana Baxodira Kurbanova v Kazaxstan  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Vizit ministra oboroni Uzbekistana Baxodira Kurbanova v Kazaxstan  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Ta’kidlanishicha, o‘zaro suhbat davomida ikki davlat mudofaa vazirlari qardosh xalqlarning hamkorlikda erishilayotgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tishdi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVizit ministra oboroni Uzbekistana Baxodira Kurbanova v Kazaxstan
Vizit ministra oboroni Uzbekistana Baxodira Kurbanova v Kazaxstan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Vizit ministra oboroni Uzbekistana Baxodira Kurbanova v Kazaxstan
Shuningdek, tomonlar jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi sohasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Shundan so‘ng mudofaa vazirlari O‘zbekiston—Qozog‘iston Mudofaa vazirliklarining Aqtau garnizonida joylashgan "Oymasha" poligonida hamkorlikda o‘tkazayotgan maxsus-taktik o‘quvni kuzatishga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik harbiylar bir necha kundan buyon Qozog‘istonda hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvlarida qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0