Xivada birinchi etnosport festivali sentabrda bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaU Shavkata Mirziyoyeva proshlo soveshanie posvashennoe sportu
U Shavkata Mirziyoyeva proshlo soveshanie posvashennoe sportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Ichan qal’ada bo‘lib o‘tadigan tadbirda xalq o‘yinlari, sport musobaqalari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari o‘rin olgan.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Xivada sentabr oyida ilk etnosport festivali bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

"Ilk festivalni joriy yil 7-10 sentabr kunlari Ichan qal’ada o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Uning doirasida xalq o‘yinlari va sport musobaqalari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, qovun sayli, osh pishirish chempionati, sahnalashtirilgan dasturlar bo‘lib o‘tadi", - deyiladi xabarda.

Prezident festivalga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish, ishtirokchilar va turistlarga barcha qulayliklarni yaratish, Xiva shahrida “Xalqaro etnofestival bog‘i”ni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2022-yil 25-mayda qabul qilingan edi. Unda, jumladan, Xiva shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro etnosport festivali o‘tkazilishi belgilangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaU Shavkata Mirziyoyeva proshlo soveshanie posvashennoe sportu
U Shavkata Mirziyoyeva proshlo soveshanie posvashennoe sportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
U Shavkata Mirziyoyeva proshlo soveshanie posvashennoe sportu
Yangiliklar lentasi
0