Moskvaga uchayotgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tish"Tor M2U" havo hujumidan mudofaa tizimi
Tor M2U havo hujumidan mudofaa tizimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Sobanin: Havo hujumidan mudofaa tizimi Moskva yaqinida ikkita jangovar dronni urib tushirdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva viloyatida Moskvaga uchayotgan ikkita dronni urib tushirdi, bu haqda poytaxt meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.

"Shaharga ikkita jangovar dron uchib kelishga urindi. Har ikkisi ham havo hujumi mudofaa tizimi yordamida urib tushirildi. Biri Domodedovo hududida, ikkinchisi Minsk shossesi hududida", - deb yozdi u Telegram-kanalida.

Vayronalar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q, favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda, deb qo‘shimcha qildi Sobanin.
RF mudofaa vazirligi Moskva viloyatida Kiyev rejimining dronlardan foydalangan holda terakt uyushtirishga urinishi to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi.
Bu Ukraina Qurolli kuchlarining poytaxt hududiga pilotsiz uchar apparatlar bilan zarba berishga birinchi urinishi emas. 6-avgust kuni Mudofaa vazirligi Moskva viloyatining Podolsk tumanida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan Ukraina droni yo‘q qilingani haqida xabar berdi. 1-avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Moskva va Moskva viloyatidagi obyektlarga uchta dron bilan hujum qilishga urindi. Ikkita dron Odinsovo va Naro-Fominsk tumanlari ustida havo hujumi mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilindi, biri elektron kurash tizimi bilan bostirildi, dron “Moskva Siti” osmono‘par binosiga quladi.
Yangiliklar lentasi
0