https://oz.sputniknews.uz/20230809/magistratura-hujjat-topshirganlar-37707024.html
Magistraturaga hujjat topshirganlarga arizalarini tahrirlash uchun ikki kun vaqt berildi
Magistraturaga hujjat topshirganlarga arizalarini tahrirlash uchun ikki kun vaqt berildi
Sputnik O‘zbekiston
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha “magistr.edu.uz” elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqilgan. Arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
2023-08-09T13:14+0500
2023-08-09T13:14+0500
2023-08-09T13:14+0500
jamiyat
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
magistratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37490008_161:0:2922:1553_1920x0_80_0_0_c75ae762a5d4294047c244877e12e11a.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha “magistr.edu.uz” elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqilgan.Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va hokazo) rad etilgan.Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.“Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi”, — deyiladi xabarda.Eslatib o‘tamiz, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 30-iyulga qadar qabul qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37490008_287:0:2331:1533_1920x0_80_0_0_4aa262634ca2f44a18137440dfb32195.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
magistratura hujjat topshirish magistr.edu.uz tahrir vaqt
magistratura hujjat topshirish magistr.edu.uz tahrir vaqt
Magistraturaga hujjat topshirganlarga arizalarini tahrirlash uchun ikki kun vaqt berildi
Arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha “
magistr.edu.uz” elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqilgan.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va hokazo) rad etilgan.
Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10 avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
“Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 30-iyulga qadar
qabul qilindi.