Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari oldinga siljidi: maxsus operatsiyaning so‘nggi xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota rascheta orudiya "Giatsint-S" SVO na Krasnolimanskom napravlenii
Rabota rascheta orudiya Giatsint-S SVO na Krasnolimanskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari kun davomida Zaporoje, Donetsk, Janubiy Donetsk va Krasnoliman yo‘nalishlarida hujumga o‘tishga samrasiz urindi.
TOShKENT, 7avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan eng muhim voqealari.
Mudofaa vazirligining 7-avgust hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhining hujum otradlari Xarkov viloyatining Olshana va Pershotravnevo aholi punktlari hududlarida front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljidi va qulayroq pozitsiyalarini egallashdi. So‘nggi 3 kun ichida Rossiya qo‘shinlari ushbu yo‘nalishda front chizida bo‘ylab 11 kilometr kenglikda oldinga siljidi va dushman mudofaasi chizig‘i bo‘ylab 3 kilometrdan ko‘proq ichkariga kirdi.
Xarkov viloyati Sinkovka, LXRning Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida UQKning 14, 32 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalarining 12 ta qarshi hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi.
Xarkov viloyatining Kupansk, Kotlyarovka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida UQK askarlari va harbiy texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berildi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushmanning yo‘qotishlari 110 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarini tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Uspenovka va Rabotino aholi punktlari hududlarida dushmanning uchta hujumini qaytardi. Novoselivka aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi. Yablonevo va Novodanilivka aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarba berildi.
Bir sutkada UQK 80 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta texnika, shuningdek, D-30 gaubitsasi yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari aviatsiya va artilleriya hamkorligida DXRning Belogorovka posolkasi hududida UQKning 81-aeromobil brigadasi hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. .
DXRning Bogdanovka, Vesoloe, Klesheyevka, Marinka va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida dushman askarlari va texnikasi to‘plangan pozitsilarga zarba berildi.
Kun davomida dushman yo‘qotishlari 135 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, oltita BMP, uchta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi hamda "Msta-B" va D-30 gaubitsalarini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari bo‘linmalari DXRning Urojaynoe aholi punkti hududida dushmanning hujumini qaytardi. Staromayorskoe qishlog‘i yaqinida UQKning 31-mexanizatsiyalashgan brigadasi beshta askarlar va texnikasi jamlangan pozitsiyalarga zarba berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi dushman umumiy yo‘qotishlari 225 dan ortiq harbiy xizmatchi, uchta tank, to‘rtta zirhli jangovar texnika, ikkita texnika, shuningdek, D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Marka" qo‘shinlar guruhi Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 42-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasi hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
LXRning Raygorodka, Petrovskoe, Ploshanka va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushman kuchlari va texnikasining to‘plangan hududlarga zarba berildi.
Kun davomida 65 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi UQKning 126 ta pozitsiyada joylashgan 107 ta artilleriya bo‘linmasiga zarba berdi.
Xarkov viloyatining Sumi, Seredina-Buda, Cherneshchina va Sinkovka aholi punktlari hududlarida 117-hududiy mudofaa brigadasi, Ukraina Qurolli kuchlarining 14 va 43 mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
DXRning Yampol qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 95-havo desant-shturm brigadasining qo‘mondonlik punktiga zarba berildi.
Havo mudofaa tizimlari kuniga Britaniyaning 9 ta “Storm Shadow” qanotli raketalari hamda AQShda ishlab chiqilgan 4 ta HIMARS raketalarini tutib oldi.
LXRning Kremennaya, DXRning Kirilivka, Staromlynovka va Zaporojye viloyatining Pologiya aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 14 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5548 ta uchuvchisiz uchish apparati, 428 ta zenit-raketa majmuasi, 11165 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1143 ta ko‘p raketa tizimiga oid jangovar texnika, 5787 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12116 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0