Putin "Kub" va "Lanset" dronlari ishlab chiqarishni oshirishni topshirdi

© Sputnik / Aleksandr Kazakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Obuna bo‘lish
Putin "Rostes" kompaniyasiga "Kub" va "Lanset" dronlarini hamda zamonaviy tank va samolyotlar ishlab chiqarish sonini ko‘paytirishni topshirdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Rossiya prezidentiVladimir Putin "Rostex" rahbari Sergey Chemezov bilan uchrashuvda "Kub" va "Lanset" dronlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
"Kub ham, Lanset ham juda samarali ekanligini isbotladi: birinchidan, zarba kuchli, har qanday qurol, jumladan, xorijda ishlab chiqarilgan texnika nafaqat o‘zi yonadi, balkim uning o‘q-dorilar to‘plami ham portlab ketadi. Ishlab chiqaruvchilar menga ular miqdorini oshirishga va’da berishdi. Ular o‘z va’dasida turadi, lekin ishlab chiqraishni yanada ko‘paytirish kerak”, — dedi davlat rahbari.
Chemezov prezidentga ushbu vazifa ustida ishlashga va’da berdi.
"So‘nggi turdagi qurollarni ishlab chiqarish foizini oshirish kerak. T-90 "Proriv" tanklari, samolyot tizimlari", - dedi Putin.
"Rostex" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya vertolotlari” xoldingi harbiy vertolotlar ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirgan: 2021-yildagi 134 donadan bugungi 296 donagacha. Bu davlat mudofaa buyurtmasining o‘sishi tufayli sodir bo‘ldi.
“Havo kemalari sanoatiga kelsak, biz o‘tgan yili ishlab chiqarishni ikki baravar oshirgan harbiy, jangovar samolyotlardan tashqari, fuqaro aviatsiyasi texnologiyasiga ham katta e’tibor qaratamiz”, dedi Chemezov.
"Rostex" korxonalari bugungi kunda Qurolli Kuchlar maxsus operatsiyada foydalanadigan texnikaning 90 foizini ishlab chiqaradi, deya qo‘shimcha qildi davlat korporatsiyasi rahbari.
Biroz oldin "Rostex" Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan "Kinjal" raketalarini seriyali ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lm qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0