https://oz.sputniknews.uz/20230807/brics-23-davlat-rasman-qoshilish-istagini-bildirdi-37662148.html
BRICS kengayadi: 23 davlat rasman qo‘shilish istagini bildirdi
BRICS kengayadi: 23 davlat rasman qo‘shilish istagini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Pandor aytishiga ko‘ra 23 davlat rahbarlari rasman BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan. Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi.
2023-08-07T21:25+0500
2023-08-07T21:25+0500
2023-08-08T11:37+0500
dunyoda
siyosat
briks (brics)
sammit
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/07/37661974_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c74d113ad3857a3b7377ce91c6680902.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. 23 ta davlat yetakchilari rasman BRIKSga qo‘shilish istagini rasman bildirdi, dedi Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor brifingda.Bu davlatlar qatorida Jazoir, Argentina, Bangladesh, Bahrayn, Belarus, Boliviya, Kuba, Misr, Efiopiya, Gonduras, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kuvayt, Marokash, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Senegal, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela va Vyetnam bor.Naledining qo‘shimcha qilishicha, yuqori qiziqish BRIKSning Global Janub mamlakatlari manfaatlarini himoya qiluvchi yetakchi tashkilot sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.2022 yilda BRIKS tashkilotni yanada inklyuziv qilish uchun a’zo davlatlar sonini kengaytirishini e’lon qilgan edi. Xususan, Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi kamida 19 ta davlat iqtisodiy blokka kirish istagini bildirgan.Janubiy Afrikaning Moskvadagi elchisi Mzuvukile Maketuka RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytganidek, assotsiatsiyaning barcha a’zolari kengayishni olqishlaydi, biroq yangi a’zolarni qabul qilish usullarini aniqlash zarur va bu masalani birgalikda hal qilish kerak.Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. Tashkilot davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti 2023-yil 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda o‘tkaziladi. Unda Rossiyani tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim etadi. Vladimir Putin videokonferensiya formatida ishtirok etishga qaror qildi. O‘tgan haftada Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham Putin bormagani sababli sammitda onlayn ishtirok etishini e’lon qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/07/37661974_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_0863c2f8abd1b757d3314691d987181c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy afrika davlat rahbari rasman briks
janubiy afrika davlat rahbari rasman briks
BRICS kengayadi: 23 davlat rasman qo‘shilish istagini bildirdi
21:25 07.08.2023 (yangilandi: 11:37 08.08.2023) Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Pandor aytishiga ko‘ra 23 davlat rahbarlari rasman BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. 23 ta davlat yetakchilari rasman BRIKSga qo‘shilish istagini rasman bildirdi, dedi Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor brifingda.
“Biz 23 davlat rahbarlaridan BRIKSga a’zo bo‘lish bo‘yicha rasmiy qiziqish bildirish va undan ham ko‘proq BRIKSga a’zo bo‘lish imkoniyatlari haqida norasmiy so‘rovlarni oldik”, - dedi diplomat.
Bu davlatlar qatorida Jazoir, Argentina, Bangladesh, Bahrayn, Belarus, Boliviya, Kuba, Misr, Efiopiya, Gonduras, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kuvayt, Marokash, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Senegal, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela va Vyetnam bor.
Naledining qo‘shimcha qilishicha, yuqori qiziqish BRIKSning Global Janub mamlakatlari manfaatlarini himoya qiluvchi yetakchi tashkilot sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.
2022 yilda BRIKS tashkilotni yanada inklyuziv qilish uchun a’zo davlatlar sonini kengaytirishini e’lon qilgan edi. Xususan, Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi kamida 19 ta davlat iqtisodiy blokka kirish istagini bildirgan.
Janubiy Afrikaning Moskvadagi elchisi Mzuvukile Maketuka RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytganidek, assotsiatsiyaning barcha a’zolari kengayishni olqishlaydi, biroq yangi a’zolarni qabul qilish usullarini aniqlash zarur va bu masalani birgalikda hal qilish kerak.
Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. Tashkilot davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti 2023-yil 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda o‘tkaziladi. Unda Rossiyani tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim etadi. Vladimir Putin videokonferensiya formatida ishtirok etishga qaror qildi. O‘tgan haftada Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham Putin bormagani sababli sammitda onlayn ishtirok etishini e’lon qilgan edi.