Toshkentdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi – video

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiFVV xodimi, arxiv surat
FVV xodimi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida 50-sonli maktabning 2-qavatining taxminan 10 kv.m maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in bugun, 2-avgust kuni, soat 11:43 da tumanning Istiqlol ko‘chasida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida sodir bo‘lgan.
2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in natijasida 2-qavatning taxminan 10 kv.m maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
FVV yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlayotganini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0