Nuriddin Hamroqulov vafot etdi

© MinKulturi UzbekistanaNarodniy artist Uzbekistana Nuriddin Xamrakulov
Narodniy artist Uzbekistana Nuriddin Xamrakulov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
“Olamni asrang”, "Turnalar", “Ajab sirlar” kabi betakror qo‘shiqlar aytgan xonanda Nuriddin Hamroqulov vafot etdi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

"O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi", - deyiladi xabarda.

N.Hamroqulov1946 yilning 18-iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1973-yilda Toshkent teatr va rasomlik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967-yildan Andijon teatrida, keyichalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Xonandaning repertuaridan “Samarqand ushshog‘i”, “Toshkent irog‘i” kabi ko‘plab mumtoz qo‘shiqlardan tortib, “Olamni asrang”, "Ra’no", “Soy ko‘rdim”, "Shirinliging", “Kuldi bahorim”, "Turnalar", “Ajab sirlar” kabi betakror qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.
Xonanda 2020-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.
Yangiliklar lentasi
0