Bokuda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi

© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanBokuda O‘zbekiston madaniyati kunlari
Bokuda O‘zbekiston madaniyati kunlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
Madaniyat kunlari doirasida o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar ishtirokida katta konsert dasturi, teatr tomoshalari, kitob ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Madaniyat kunlari doirasida o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar ishtirokida katta konsert dasturi, shuningdek, teatr tomoshalari taqdimoti, kitob ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxanov boshchiligida kitoblar ko‘rgazmasi bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhim vazifalar belgilab olindi. Ishchi guruh tarkibidan taniqli shoirlar, adabiyotshunos va san’atshunoslar o‘rin olgan.
O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Bokuda o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur dasturga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Konsertda Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi 76 nafar sozandadan iborat O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, shuningdek taniqli san’atkorlar Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Ilos Arabov, Yulduz Turdiyeva, Ozoda Nursaidova, Samandar Alimova va boshqa ko‘plab ijodkorlar ishtirok etadi.
1-4 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri aktorlari ijrosida Abdulla Qodiriy asari asosida sahnalashtirilgan "O‘tkan kunlar" spektakli va "Qaynona" musiqali komediyasi ozarbayjonlik tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Yangiliklar lentasi
0