Bezorilik qilgan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish kerak — ekspert

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva viloyatidagi migratsiya markazi oldidagi navbat
Moskva viloyatidagi migratsiya markazi oldidagi navbat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Kirill Kabanov: 70% migrantlar davlat tomonidan nazorat qilinmaydi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kirill Kabanov “Parlamentskaya gazeta”ga bergan intervusida Rossiyaga kelgan migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi.
Mutaxassis migrantlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar sonining ortib borayotganini migratsiya oqimining kuchayishi bilan bog‘ladi.
Bundan tashqari, uning fikricha, migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytirish kerak.

"Hatto mayda bezorilik uchun ham ularni kamida yigirma yilga qaytish huquqisiz mamlakatdan chiqarib yuborish kerak", — dedi Kabanov.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oyda Rossiyada 7 million 455 ming 100 kishi, o‘tgan yili 16 million 870 ming 94 kishi, 2021-yilda 13 million 392 ming 897 kishi migratsiya ro‘yxatidan o‘tgan.
Birgina 2023-yilning birinchi choragida Tergov qo‘mitasi migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha 550 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Yangiliklar lentasi
0