Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bu sammitga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Avgust oyida Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlari vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov, Sirojiddin Muhriddin va Rashid Meredov bu sammitga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
Onlayn o‘tkazilgan uchrashuvda vazirlar bo‘lajak yig‘ilishning dasturi loyihasi, kun tartibi hamda sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qildilar.
Shuningdek, uch mamlakat TIV rahbarlari mintaqaviy hamkorlikning ustuvor jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Yangiliklar lentasi
0