https://oz.sputniknews.uz/20230726/aqsh-kievn-pravoslav-cherkov-taqib-rossiya-tiv-37237283.html
AQSh Kiyevning Pravoslav cherkovni ta’qib qilishini ma’qullamoqda — Rossiya TIV
AQSh Kiyevning Pravoslav cherkovni ta’qib qilishini ma’qullamoqda — Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yil davomida Ukraina hukumati UPCh ta’qib qilishning eng katta to‘lqinini uyushtirdi. UPChning Rossiya bilan aloqadorligiga ishora qilib, Ukrainaning turli mintaqalaridagi mahalliy hokimiyat organlari UPChning faoliyatini taqiqlashga qaror qilishdi. Ukraina parlamentiga UPChni butun Ukraina hududida amalda taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi.
2023-07-26T16:32+0500
2023-07-26T16:32+0500
2023-07-26T16:45+0500
rossiya
ukraina
upch
pravoslav
vladimir zelenskiy
aqsh
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24480069_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_23d668fac8c97d2afc1c7fe34a6bacd2.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Kiyevning kanonik Ukraina pravoslav cherkovini (UPCh) ta’qib qilish harakatlarini ma’qullashini ochiq aytmoqda, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi kanonik pravoslav cherkovining muammosi "hali ham BMT va boshqa tegishli tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri emas" va diplomatik missiyaning murojaatlariga javoban xalqaro tashkilotlar shunchaki xatlar bilan cheklanganligini" ta’kidladi. O‘tgan yil davomida Ukraina hukumati UPCh ta’qib qilishning eng katta to‘lqinini uyushtirdi. UPChning Rossiya bilan aloqadorligiga ishora qilib, Ukrainaning turli mintaqalaridagi mahalliy hokimiyat organlari UPChning faoliyatini taqiqlashga qaror qilishdi. Ukraina parlamentiga UPChni butun Ukraina hududida amalda taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Rasmiylar UPCh ruhoniylarining ayrim vakillariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ukraina Xavfsizlik xizmati pravoslav ruhoniylariga qarshi jinoiy ishlarni ochishni, "aksil-razvedka faoliyatini" - yepiskoplar va ruhoniylarni, cherkovlar va monastirlarda "anti-Ukraina faoliyati" dalillarini izlash uchun tintuvlarni o‘tkazishni boshladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24480069_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4ac302dd1b722778a4f85e8966178851.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina pravoslav cherkovi rossiya aqsh ta’qib
ukraina pravoslav cherkovi rossiya aqsh ta’qib
AQSh Kiyevning Pravoslav cherkovni ta’qib qilishini ma’qullamoqda — Rossiya TIV
16:32 26.07.2023 (yangilandi: 16:45 26.07.2023) AQSh sukunati bilan Kiyevning Ukraina pravoslav cherkoviga nisbatan ta’qibini ma’qullaydi - Rossiya TIV.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Kiyevning kanonik Ukraina pravoslav cherkovini (UPCh) ta’qib qilish harakatlarini ma’qullashini ochiq aytmoqda, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
“Ukrainada pravoslav dindorlari ta’qib qilib kelinayotgan so‘nggi bir necha yil davomida ular (AQSh – tahr.) Zelenskiyning cherkovga nisbatan ushbu buzg‘unchi siyosatini biror marotaba ham tanqid qilishmadi va shu tariqa, uning noqonuniy xatti-harakatlarini ma’qullashini ochiq ko‘rsatishdi”, - deyiladi Rossiya TIV hisobotida.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi kanonik pravoslav cherkovining muammosi "hali ham BMT va boshqa tegishli tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri emas" va diplomatik missiyaning murojaatlariga javoban xalqaro tashkilotlar shunchaki xatlar bilan cheklanganligini" ta’kidladi.
"Kiyev rejimining aksil-pravoslav siyosatiga, UPChning ko‘plab ko‘chmas mulklari tortib olish holatlariga, o‘zboshimchalik va ruhoniylar va dindorlarga nisbatan zo‘ravonlik faktlariga adekvat javob yo‘q", - deb ta’kidladi Rossiya TIV.
O‘tgan yil davomida Ukraina hukumati UPCh ta’qib qilishning eng katta to‘lqinini uyushtirdi. UPChning Rossiya bilan aloqadorligiga ishora qilib, Ukrainaning turli mintaqalaridagi mahalliy hokimiyat organlari UPChning faoliyatini taqiqlashga qaror qilishdi. Ukraina parlamentiga UPChni butun Ukraina hududida amalda taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Rasmiylar UPCh ruhoniylarining ayrim vakillariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ukraina Xavfsizlik xizmati pravoslav ruhoniylariga qarshi jinoiy ishlarni ochishni, "aksil-razvedka faoliyatini" - yepiskoplar va ruhoniylarni, cherkovlar va monastirlarda "anti-Ukraina faoliyati" dalillarini izlash uchun tintuvlarni o‘tkazishni boshladi.