https://oz.sputniknews.uz/20230725/tolimarjon-ies-bug-gaz-yangi-qurilmalari-qurilishi-boshlandi-37129946.html
Tolimarjon IESda yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushadi
Tolimarjon IESda yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushadi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi bug‘-gaz qurilmalari qurilishi Samarqand va Buxoro viloyatlari iste’molchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.
2023-07-25T08:25+0500
2023-07-25T08:25+0500
2023-07-25T14:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/05/15330907_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4c66c5eb0700f69ab9d3d31faaf07d3c.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Tolimarjon IES yangi bug‘-gaz qurilmalari qurilishi boshlandi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.Stansiyada 2025-yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan navbatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmalarini qurish ishlari olib boriladi.Loyihaning bosh pudratchilari sifatida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsorsiumi qatnashmoqda.Loyihaning umumiy qiymati 771,8 million dollarga teng.Yangi investitsiya loyihasi Samarqand va Buxoro viloyatlari iste’molchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.Shuningdek, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar 1500 tonnaga kamayadi hamda 112 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “Tolimarjon IES” AJda Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari bilan 1065 MVt quvvatga ega navbatdagi bug‘-gaz qurilmalarini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/05/15330907_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_88b83cf63285879c62e83e17ffeb264f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tolimarjon ies bug‘-gaz yangi qurilmalari
tolimarjon ies bug‘-gaz yangi qurilmalari
Tolimarjon IESda yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushadi
08:25 25.07.2023 (yangilandi: 14:08 25.07.2023) Yangi bug‘-gaz qurilmalari qurilishi Samarqand va Buxoro viloyatlari iste’molchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Tolimarjon IES yangi bug‘-gaz qurilmalari qurilishi boshlandi, deya xabar berdi
Energetika vazirligi. Stansiyada 2025-yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan navbatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmalarini qurish ishlari olib boriladi.
Loyihaning bosh pudratchilari sifatida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsorsiumi qatnashmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 771,8 million dollarga teng.
Yangi investitsiya loyihasi Samarqand va Buxoro viloyatlari iste’molchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.
“Loyiha amalga oshirilishi natijasida, korxona tomonidan yiliga qo‘shimcha 8,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yuqori tejamkor texnologiyalar hisobiga 600 mln kubmetr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar 1500 tonnaga kamayadi hamda 112 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “Tolimarjon IES” AJda Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari bilan 1065 MVt quvvatga ega navbatdagi bug‘-gaz qurilmalarini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.