https://oz.sputniknews.uz/20230725/hayot-mamot-bola-chaqa-yarim-yorti-juft-sozlarning-manolarini-bilasizmi-36966174.html
Mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
Mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
Sputnik O‘zbekiston
Mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
2023-07-25T09:47+0500
2023-07-25T09:47+0500
2023-07-25T09:47+0500
o‘zbek tili
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekning o‘z so‘zlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/491/76/4917686_1:0:1420:798_1920x0_80_0_0_ae1875e19a4a60331ca5d0ac2bffc539.png
Tilda ikkita so‘zning juftlashishidan juft so‘zlar hosil bo‘ladi: ota-ona, o‘g‘il-qiz, tog‘-tosh, baland-past, yaxshi-yomon, sekin-asta, keldi-ketdi, kirdi-chiqdi, so‘rab-surishtirdi kabilar. Ushbu juft so‘zlarning tarkibidagi har bir so‘zning ma’nosini yaxshi bilamiz. O‘zbek tilida hayot-mamot, zahar-zaqqum, bola-baqra, bola-chaqa, quda-anda, yarim-yorti, yig‘lab-siqtab singari juft so‘zlar ham bor, lekin ularning ikkinchi qismi, masalan, mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab kabi so‘zlarning ma’nolarini yo bilmaymiz, yo yoddan chiqarganmiz. Chunki bu so‘zlar bugun tilimizda alohida holatda qo‘llanmaydi. Shuning uchun ularning ma’nolarini ilg‘ash qiyinlashgan. Bu galgi maqolamizda ana shunday so‘zlarning ma’nolari haqida so‘z boradi.Hayot-mamotO‘zbek tilida arabcha so‘zlar katta miqdorni tashkil etadi. Ularning bir guruhi alohida so‘zlar hisoblansa‚ bir qismi turli frazeologizmlar tarkibida qo‘llanadi. Ana shunday so‘zlardan biri – hayot-mamotdir. Bu so‘z tarkibidagi mamot so‘ziniig ma’nosi ko‘pchilikka notanish bo‘lib‚ u “o‘lim yoki oxirat” ma’nosini anglatadi. Masalan‚ Qur’oni karimda mamot so‘zi qatnashgan quyidagi oyat bor ׃Ey Muhammad alayhissalom... Agar Biz Sizni (haq yo‘lda) sobitqadam qilmaganimizda, shak-shubhasiz‚ Siz ham ularga – mushriklarga biroz yon berishga yaqin bo‘lar edingiz. U holda‚ albatta‚ Biz Sizga hayot (azobi)ni ham‚ mamot – oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib torttirgan bo‘lur edik‚ so‘ngra o‘zimiz uchun Bizga qarshi birorta madadkor topa olmagan bo‘lur edingiz. (Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 457-bet)Bundan ko‘rinadiki‚ hayot-mamot so‘zi “yo o‘lim‚ yo qolish” ma’nosini bildiradi.Zahar-zaqqum“Og‘u kabi achchiq, kishi hayotini zaharlaydigan” ma’nosini bildiradi. Masalan: Uning bir og‘iz so‘zi shunday zahar-zaqqum aralash ediki, hushim uchib, kalavaning uchini yo‘qotib ham qo‘ydim. (Murod Mansur, Judolik diyori) Zahar-zaqqum juft so‘zidagi zaqqum so‘zi Qur’oni karimda la’natlangan daraxt nomidan olingan. Bu daraxt nomi bir necha surada tilga olingan. Masalan, “Saffot” surasida: “62. Mana shu yaxshiroq ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi? 63. Haqiqatan, Biz uni (Zaqqum daraxtini) zolim kimsalar uchun fitna-aldov qilib qo‘ydik. 64. Darhaqiqat, u do‘zax qa’rida o‘sadigan bir daraxtdir. 65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar. 66. Bas, ular (do‘zaxilar), albatta, undan yeb, qorinlarini to‘ydirguvchilardir. 67. So‘ngra, albatta, ular uchun uning (Zaqqum mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur), deyilgan. (Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 695–696-betlar)Ensiklopedik ma’lumotga ko‘ra ham, zaqqum (anchar (Antiaris) tutdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar turkumi. Guli mayda, ko‘rimsiz, changchilari kallaksimon to‘pgul, urug‘chisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar orolida 5–6 turi bor. Osiyoning tropiklarida o‘sadigan Antiaris toxicaria degan yirik daraxt Zaqqumning bir turi bo‘lib, zaharli sut shirasi tarkibida antiarin va antiozidin glikozidi bor. Zaqqumning shirasi zaharli bo‘lganidan mahalliy xalq kamalak o‘qlarini zaharlashda qadimdan foydalanib keladi.Demak, zahar-zaqqum so‘zidagi zaqqum so‘zi daraxt nomidan olingan ekan.Bola-chaqa“Katta-kichik yoshdagi bolalar”, “oila a’zolari, xotin va bolalar” ma’nolarini bildiradi. “Bola-chaqalar yaxshi yuribdimi?” deganda shu ma’no nazarda tutiladi. Yoki: Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo‘lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi bilan gullatib qo‘ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman. (O‘tkir Hoshimov, Daftar hoshiyasidagi bitiklar) Mazkur juft so‘z tarkibidagi chaqa so‘zi asli avval “go‘dak” ma’nosini bildirgan. Turkman tilida yoki ayrim o‘g‘uz shevalarida hozir ham chaqa so‘zi “go‘dak, bola” ma’nosida ishlatiladi. Chaqa so‘zining bu ma’nosi chaqaloq so‘zida saqlanib qolgan. Ma’lumki, -loq qo‘shimchasi ot turkumidagi so‘zlardan yangi so‘zlar yasaydi. Chaqaloq so‘zi ham chaqa so‘ziga -loq qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan.Bola-baqra“Katta-kichik bolalar” ma’nosini bildiradi. Masalan: Nima qilay, uy to‘la bola-baqra, yeyman-ichaman deb turibdi! (Erkin A’zam, Jannat o‘zi qaydadir) Sh.Rahmatullayevning fikricha, baqra so‘zi baqir- fe’liga -a qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan. Qadimgi turkiy tilda baqir fe’lining bir necha ma’nosi bo‘lgan, shu ma’nolaridan biri “yig‘lamoq” edi. Baqir fe’lining ana shu “yig‘lamoq” ma’nosi asosida baqra so‘zi yasalgan: baqir+a = baqira > baqra. Keyinchalik i tovushi talaffuz qilinmay qo‘ygan va baqra holiga kelib qolgan. Demak, bola-baqra so‘zida dastlab “yig‘laydigan yoshdagi bola” ma’nosi ochiq ifodalangan, keyinchalik bu ma’no xiralashib, “katta-kichik bolalar”, “har xil yoshdagi bolalar” ma’nosi ustuvorlashgan.Quda-andaQarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liq suhbatlarda quda-anda so‘zi ko‘p ishlatiladi. Quda so‘zining-ku ma’nosini bilamiz. Xo‘sh, anda degani nima, shunisi qiziq. Anda deganda biz “qudaning qudasi”ni nazarda tutgan bo‘lamiz. Bu so‘z qudachilik “bordi-keldi”lari ikki qudalar bilangina emas, qudalarning qudalari bilan ham bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan. Ya’ni kishilar biri qiz berib, ikkinchisi kelin qilib qarindosh bo‘lar ekanlar, ularning qudachilik “bordi-keldi”larida boshqa farzandlarining qaynata-qaynanalari ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, hozirgi kunda to‘y-tantanalarga qudaning qudasini ham chaqirish urfga kirgan. O‘zbek tilidagi “Sherikchilik – bir yilchilik, Qudachilik – ming yilchilik” maqolida qudalashish “bordi-keldi”lari aniq ifoda topgan.Yarim-yorti“Chala, chala-chulpa, oxiriga yetkazilmagan” ma’nosini bildiradi. Odatda, bu ma’nolarni kuchliroq ifodalash maqsad qilinganda yarim-yorti juft so‘zi qo‘llanadi: Sattorning ko‘nglidagi umid ham mana shu daraxtlarga o‘xshab goh yarim-yorti, goh omonat ko‘rinardi.(Pirimqul Qodirov, Erk) Hovlini yarim-yorti tozalab ulgurdik. (Murod Mansur, Judolik diyori) Hozirgi o‘zbek tilida yorti so‘zi mustaqil qo‘llanishdan to‘xtagan. Tilimizning avvalgi davrlarida esa yarim so‘zining sinonimi bo‘lib ishlatilgan va “biron-bir narsaning yarmi”ni, “but emas, chala ekanligi”ni ifodalagan. Yorti so‘zining “yarim, yarimta” ma’nosi ushbu maqollarda aniq aks topgan: Ikki yorti bir butun. Yaxshi niyat – yorti mol. Mirtemir domla yorti so‘zini “chala, but emas” ma’nosida qo‘llagan: Yorti emas, to‘kis – but G‘aznalar, dunyolar bor. (Mirtemir)Yig‘lab-siqtab“Bir muddat yig‘lamoq, yig‘lab yurmoq” ma’nosini bildiradi. Siqtab so‘zi hozir qo‘llanmaydi, avval esa yig‘lamoq so‘zining sinonimi bo‘lgan. Alisher Navoiy “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida bu so‘zni yig‘lamoq so‘ziga nisbatan mubolag‘ali ekanligi, yig‘lashning kuchli darajasini bildirishini aytadi va quyidagi sinonimlar qatorini keltiradi: yig‘lamak – inchkirmak – ingramak – singramak – yig‘lamsinmak – siqtamak – o‘kurmak – hoy-hoy yig‘lamak. Yig‘lamoq va siqtamoq so‘zlari uzoq vaqt sinonim so‘zlar sifatida yonma-yon qo‘llangan. Shundan keyin juftlashib qo‘llanadigan bo‘lgan: Siz juda chidamli ayolsiz! Yig‘lab-siqtab o‘tirganingiz bilan hech narsa bitmaydi, opa!(Sh.Xolmirzayev, Saylanma)Demak, siqtamoq so‘zi hozirgi o‘zbek tilida faqat yig‘lamoq so‘zi bilan birga qo‘llanadi, yig‘lab-siqtab, yig‘ladi-siqtadi juft so‘zlari tarkibidagina saqlanib qolgan.Bundan oldin yeng shimarib, qo‘l uchida, bel bog‘lab, podadan oldin chang chiqarmoq, bir pul, uch pullik kabi iboralar haqida maqola bergandik. Unda o‘zbekcha iboralar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilib olasiz.“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimiz orqali har haftada o‘zbek tiliga oid juda qiziq ma’lumotlarni bilib olasiz va so‘z boyligingizni oshirasiz. Avvalgi materiallar:Almisoqdan qolgan, go‘riga o‘t qalamoq: iboralar tarixini bilasizmi?Eng ko‘p xato yoziladigan so‘zlar — ro‘yxatBu qiziq: o‘zbek milliy bolalar o‘yinlarini bilasizmi?“Xumpar, xo‘tik, qulun”: uy hayvonlari o‘zbekcha qanday to‘g‘ri ataladi.Yovvoyi hayvonlar o‘zbekcha qanday atalishini bilasizmi?Parrandalar o‘zbekcha qanday to‘g‘ri ataladiQiziqarli test: ushbu hayvonlar nomini bilasizmi? Bilimingizni sinab ko‘ringAkshanba kuni test o‘tkazamiz, bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin! Telegram-kanalimizga obuna bo‘lib, kuzatib boring.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/491/76/4917686_179:0:1243:798_1920x0_80_0_0_2cf23260fad9a4434c75798b704bd612.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
Mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
Yorqinjon Odilov
Filologiya fanlari doktori, professor
“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknining navbatdagi soni hayot-mamot, zahar-zaqqum, bola-chaqa, bola-baqra, quda-anda, yarim-yorti, yig‘lab-siqtab juft so‘zlarga bag‘ishlangan.
Tilda ikkita so‘zning juftlashishidan juft so‘zlar hosil bo‘ladi: ota-ona, o‘g‘il-qiz, tog‘-tosh, baland-past, yaxshi-yomon, sekin-asta, keldi-ketdi, kirdi-chiqdi, so‘rab-surishtirdi kabilar. Ushbu juft so‘zlarning tarkibidagi har bir so‘zning ma’nosini yaxshi bilamiz. O‘zbek tilida hayot-mamot, zahar-zaqqum, bola-baqra, bola-chaqa, quda-anda, yarim-yorti, yig‘lab-siqtab singari juft so‘zlar ham bor, lekin ularning ikkinchi qismi, masalan, mamot, zaqqum, baqra, chaqa, anda, yorti, siqtab kabi so‘zlarning ma’nolarini yo bilmaymiz, yo yoddan chiqarganmiz. Chunki bu so‘zlar bugun tilimizda alohida holatda qo‘llanmaydi. Shuning uchun ularning ma’nolarini ilg‘ash qiyinlashgan. Bu galgi maqolamizda ana shunday so‘zlarning ma’nolari haqida so‘z boradi.
O‘zbek tilida arabcha so‘zlar katta miqdorni tashkil etadi. Ularning bir guruhi alohida so‘zlar hisoblansa‚ bir qismi turli frazeologizmlar tarkibida qo‘llanadi. Ana shunday so‘zlardan biri – hayot-mamotdir. Bu so‘z tarkibidagi mamot so‘ziniig ma’nosi ko‘pchilikka notanish bo‘lib‚ u “o‘lim yoki oxirat” ma’nosini anglatadi. Masalan‚ Qur’oni karimda mamot so‘zi qatnashgan quyidagi oyat bor ׃Ey Muhammad alayhissalom... Agar Biz Sizni (haq yo‘lda) sobitqadam qilmaganimizda, shak-shubhasiz‚ Siz ham ularga – mushriklarga biroz yon berishga yaqin bo‘lar edingiz. U holda‚ albatta‚ Biz Sizga hayot (azobi)ni ham‚ mamot – oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib torttirgan bo‘lur edik‚ so‘ngra o‘zimiz uchun Bizga qarshi birorta madadkor topa olmagan bo‘lur edingiz. (Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 457-bet)
Bundan ko‘rinadiki‚ hayot-mamot so‘zi “yo o‘lim‚ yo qolish” ma’nosini bildiradi.
“Og‘u kabi achchiq, kishi hayotini zaharlaydigan” ma’nosini bildiradi. Masalan: Uning bir og‘iz so‘zi shunday zahar-zaqqum aralash ediki, hushim uchib, kalavaning uchini yo‘qotib ham qo‘ydim. (Murod Mansur, Judolik diyori) Zahar-zaqqum juft so‘zidagi zaqqum so‘zi Qur’oni karimda la’natlangan daraxt nomidan olingan. Bu daraxt nomi bir necha surada tilga olingan. Masalan, “Saffot” surasida: “62. Mana shu yaxshiroq ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi? 63. Haqiqatan, Biz uni (Zaqqum daraxtini) zolim kimsalar uchun fitna-aldov qilib qo‘ydik. 64. Darhaqiqat, u do‘zax qa’rida o‘sadigan bir daraxtdir. 65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar. 66. Bas, ular (do‘zaxilar), albatta, undan yeb, qorinlarini to‘ydirguvchilardir. 67. So‘ngra, albatta, ular uchun uning (Zaqqum mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur), deyilgan. (Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 695–696-betlar)
Ensiklopedik ma’lumotga ko‘ra ham, zaqqum (anchar (Antiaris) tutdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar turkumi. Guli mayda, ko‘rimsiz, changchilari kallaksimon to‘pgul, urug‘chisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar orolida 5–6 turi bor. Osiyoning tropiklarida o‘sadigan Antiaris toxicaria degan yirik daraxt Zaqqumning bir turi bo‘lib, zaharli sut shirasi tarkibida antiarin va antiozidin glikozidi bor. Zaqqumning shirasi zaharli bo‘lganidan mahalliy xalq kamalak o‘qlarini zaharlashda qadimdan foydalanib keladi.
Demak, zahar-zaqqum so‘zidagi zaqqum so‘zi daraxt nomidan olingan ekan.
“Katta-kichik yoshdagi bolalar”, “oila a’zolari, xotin va bolalar” ma’nolarini bildiradi. “Bola-chaqalar yaxshi yuribdimi?” deganda shu ma’no nazarda tutiladi. Yoki: Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo‘lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi bilan gullatib qo‘ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman. (O‘tkir Hoshimov, Daftar hoshiyasidagi bitiklar) Mazkur juft so‘z tarkibidagi chaqa so‘zi asli avval “go‘dak” ma’nosini bildirgan. Turkman tilida yoki ayrim o‘g‘uz shevalarida hozir ham chaqa so‘zi “go‘dak, bola” ma’nosida ishlatiladi. Chaqa so‘zining bu ma’nosi chaqaloq so‘zida saqlanib qolgan. Ma’lumki, -loq qo‘shimchasi ot turkumidagi so‘zlardan yangi so‘zlar yasaydi. Chaqaloq so‘zi ham chaqa so‘ziga -loq qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan.
“Katta-kichik bolalar” ma’nosini bildiradi. Masalan: Nima qilay, uy to‘la bola-baqra, yeyman-ichaman deb turibdi! (Erkin A’zam, Jannat o‘zi qaydadir) Sh.Rahmatullayevning fikricha, baqra so‘zi baqir- fe’liga -a qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan. Qadimgi turkiy tilda baqir fe’lining bir necha ma’nosi bo‘lgan, shu ma’nolaridan biri “yig‘lamoq” edi. Baqir fe’lining ana shu “yig‘lamoq” ma’nosi asosida baqra so‘zi yasalgan: baqir+a = baqira > baqra. Keyinchalik i tovushi talaffuz qilinmay qo‘ygan va baqra holiga kelib qolgan. Demak, bola-baqra so‘zida dastlab “yig‘laydigan yoshdagi bola” ma’nosi ochiq ifodalangan, keyinchalik bu ma’no xiralashib, “katta-kichik bolalar”, “har xil yoshdagi bolalar” ma’nosi ustuvorlashgan.
Qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liq suhbatlarda quda-anda so‘zi ko‘p ishlatiladi. Quda so‘zining-ku ma’nosini bilamiz. Xo‘sh, anda degani nima, shunisi qiziq. Anda deganda biz “qudaning qudasi”ni nazarda tutgan bo‘lamiz. Bu so‘z qudachilik “bordi-keldi”lari ikki qudalar bilangina emas, qudalarning qudalari bilan ham bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan. Ya’ni kishilar biri qiz berib, ikkinchisi kelin qilib qarindosh bo‘lar ekanlar, ularning qudachilik “bordi-keldi”larida boshqa farzandlarining qaynata-qaynanalari ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, hozirgi kunda to‘y-tantanalarga qudaning qudasini ham chaqirish urfga kirgan. O‘zbek tilidagi “Sherikchilik – bir yilchilik, Qudachilik – ming yilchilik” maqolida qudalashish “bordi-keldi”lari aniq ifoda topgan.
“Chala, chala-chulpa, oxiriga yetkazilmagan” ma’nosini bildiradi. Odatda, bu ma’nolarni kuchliroq ifodalash maqsad qilinganda yarim-yorti juft so‘zi qo‘llanadi: Sattorning ko‘nglidagi umid ham mana shu daraxtlarga o‘xshab goh yarim-yorti, goh omonat ko‘rinardi.(Pirimqul Qodirov, Erk) Hovlini yarim-yorti tozalab ulgurdik. (Murod Mansur, Judolik diyori) Hozirgi o‘zbek tilida yorti so‘zi mustaqil qo‘llanishdan to‘xtagan. Tilimizning avvalgi davrlarida esa yarim so‘zining sinonimi bo‘lib ishlatilgan va “biron-bir narsaning yarmi”ni, “but emas, chala ekanligi”ni ifodalagan. Yorti so‘zining “yarim, yarimta” ma’nosi ushbu maqollarda aniq aks topgan: Ikki yorti bir butun. Yaxshi niyat – yorti mol. Mirtemir domla yorti so‘zini “chala, but emas” ma’nosida qo‘llagan: Yorti emas, to‘kis – but G‘aznalar, dunyolar bor. (Mirtemir)
“Bir muddat yig‘lamoq, yig‘lab yurmoq” ma’nosini bildiradi. Siqtab so‘zi hozir qo‘llanmaydi, avval esa yig‘lamoq so‘zining sinonimi bo‘lgan. Alisher Navoiy “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida bu so‘zni yig‘lamoq so‘ziga nisbatan mubolag‘ali ekanligi, yig‘lashning kuchli darajasini bildirishini aytadi va quyidagi sinonimlar qatorini keltiradi: yig‘lamak – inchkirmak – ingramak – singramak – yig‘lamsinmak – siqtamak – o‘kurmak – hoy-hoy yig‘lamak. Yig‘lamoq va siqtamoq so‘zlari uzoq vaqt sinonim so‘zlar sifatida yonma-yon qo‘llangan. Shundan keyin juftlashib qo‘llanadigan bo‘lgan: Siz juda chidamli ayolsiz! Yig‘lab-siqtab o‘tirganingiz bilan hech narsa bitmaydi, opa!(Sh.Xolmirzayev, Saylanma)
Demak, siqtamoq so‘zi hozirgi o‘zbek tilida faqat yig‘lamoq so‘zi bilan birga qo‘llanadi, yig‘lab-siqtab, yig‘ladi-siqtadi juft so‘zlari tarkibidagina saqlanib qolgan.
“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimiz orqali har haftada o‘zbek tiliga oid juda qiziq ma’lumotlarni bilib olasiz va so‘z boyligingizni oshirasiz.