BAA kompaniyasi qayta tiklanuvchi energiya manbaalari qurilishiga sarmoya kiritmoqchi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli respubliki UzbekistanInvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri "AMEA Power" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri AMEA Power kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BAA Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) "AMEA Power" kompaniyasi O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalari qurilishiga sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov "AMEA Power" kompaniyasi rahbari Husayn al-Novais bilan uchrashdi.
© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli respubliki UzbekistanInvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri "AMEA Power" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
Emiratskaya AMEA Power namerena investirovat  v stroitelstvo vetranix i solnechnix elektrostansiy v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2023
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri "AMEA Power" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
Unda Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, 2016-yilda tashkil etilgan "AMEA Power" qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish yo‘nalishida mintaqadagi tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biridir. U 20 ta mamlakatda umumiy quvvati 6 GVt dan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0