Yangi Toshkentni qurish uchun ajratiladigan hududlar belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaYangi Toshkent
Yangi Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Obuna bo‘lish
Yangi shahar Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi qariyb 20 ming gektar yerda barpo etiladi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20-iyuldagi qarori bilan Yangi Toshkent shahri barpo etiladigan yer maydonlari ro‘yxati belgilandi.
Qarorga ko‘ra, yangi shahar Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 19 720,9 gektar yerda barpo etiladi:
Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov mavzelari;
O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yerlar ajratiladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari hisobidan ajratilayotgan yerlarning 11 ming 478,4 gektari sug‘oriladigan hisoblanadi. Qolgan yerlar esa ko‘p yillik daraxtzorlar (1 ming 169,1 gektar) va yaylov yerlari (231,2 gektar).
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq toifasi o‘zgartirilgani uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi.
Yangi Toshkent shahrini barpo etishga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan ularda belgilangan tartibda davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uni Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida qurish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.
Yangiliklar lentasi
0