https://oz.sputniknews.uz/20230724/tramp-bayden-aqsh-muhim-sir-tanqid-37102235.html
“Naqadar ahmoq”: Tramp Baydenni AQShning muhim sirini oshkor qilganligi uchun tanqid qildi
“Naqadar ahmoq”: Tramp Baydenni AQShning muhim sirini oshkor qilganligi uchun tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pentagonda artilleriya o‘q-dorilari yetishmasligini tan olgan Oq uy rahbari Jo Baydenni tanqid qildi.Avvalroq Bayden Ukraina Qurolli kuchlariga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish G‘arb davlatlari oddiy snaradlar ishlab chiqarishni ko‘paytirguniga qadar vaqtinchalik chora ekanligini ma’lum qilgandi.
2023-07-24T12:57+0500
2023-07-24T12:57+0500
2023-07-24T13:02+0500
donald tramp
jo bayden
aqsh
harbiy texnika
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/04/27762549_0:233:2869:1847_1920x0_80_0_0_c0f6dc98d7da54da1c9a564627d04c82.jpg
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pentagonda artilleriya o‘q-dorilari yetishmasligini tan olgan Oq uy rahbari Jo Baydenni tanqid qildi.Avvalroq Bayden Ukraina Qurolli kuchlariga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish G‘arb davlatlari oddiy snaradlar ishlab chiqarishni ko‘paytirguniga qadar vaqtinchalik chora ekanligini ma’lum qilgandi. Trampning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, hozir yadroviy quroldan foydalanish xavfi tufayli AQSh tarixidagi “eng xavfli davr”. “Bizning inson (rahbar - tahr.) esa nima qilayotganini tushunmayapti. Bu inson o‘rnidan turib, butun dunyoga o‘q-dorilarimiz yo‘qligini aytdi”, — dedi sobiq prezident.Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning vakolat muddati tugagan paytda AQShdagi harbiy omborlar “bo‘g‘zigacha to‘ldirilgan edi”.“Biz bularning hammasini bergandik. Agar hammasini tarqatgan bo‘lsang — bu dahshatli holat. Bundan ham yomonroq yagona narsa, bu haqda butun dunyoga aytish. U Xitoy va boshqa dushman davlatlarga bizda o‘q-dori yo‘qligini aytdi <...> O‘ylab ko‘ring. Qanday qilib shunchalik ahmoq bo‘lish mumkin?” – deya savol bilan yuzlangan Tramp.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/04/27762549_207:184:2452:1868_1920x0_80_0_0_b739c999928cb5175be8e4670fb18d07.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqshning sobiq prezidenti donald tramp jo bayden ukraina kassetali o‘q-dori
aqshning sobiq prezidenti donald tramp jo bayden ukraina kassetali o‘q-dori
“Naqadar ahmoq”: Tramp Baydenni AQShning muhim sirini oshkor qilganligi uchun tanqid qildi
12:57 24.07.2023 (yangilandi: 13:02 24.07.2023) Trampning ma’lum qilishicha, hozir yadroviy quroldan foydalanish xavfi tufayli AQSh tarixidagi “eng xavfli davr”.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pentagonda artilleriya o‘q-dorilari yetishmasligini tan olgan Oq uy rahbari Jo Baydenni tanqid qildi.
Avvalroq Bayden Ukraina Qurolli kuchlariga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish G‘arb davlatlari oddiy snaradlar ishlab chiqarishni ko‘paytirguniga qadar vaqtinchalik chora ekanligini ma’lum qilgandi.
Trampning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, hozir yadroviy quroldan foydalanish xavfi tufayli AQSh tarixidagi “eng xavfli davr”.
“Bizning inson (rahbar - tahr.) esa nima qilayotganini tushunmayapti. Bu inson o‘rnidan turib, butun dunyoga o‘q-dorilarimiz yo‘qligini aytdi”, — dedi sobiq prezident.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning vakolat muddati tugagan paytda AQShdagi harbiy omborlar “bo‘g‘zigacha to‘ldirilgan edi”.
“Biz bularning hammasini bergandik. Agar hammasini tarqatgan bo‘lsang — bu dahshatli holat. Bundan ham yomonroq yagona narsa, bu haqda butun dunyoga aytish. U Xitoy va boshqa dushman davlatlarga bizda o‘q-dori yo‘qligini aytdi <...> O‘ylab ko‘ring. Qanday qilib shunchalik ahmoq bo‘lish mumkin?” – deya savol bilan yuzlangan Tramp.