Chang-to‘zon, issiq: O‘zbekistonda 25-iyul uchun ob-havo

© unsplash/Anatolii ShcherbynaTog‘ manzaralari, arxiv surat
Tog‘ manzaralari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Obuna bo‘lish
Ertaga havo ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zgidromet 25-iyul kuni mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahri
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +39...-+44 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0