https://oz.sputniknews.uz/20230723/investitsiyalar-sanoat-savdo-tashkilotlar-37079579.html
Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida qator tashkilotlar tashkil etiladi
Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida qator tashkilotlar tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Farmonga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.
2023-07-23T09:05+0500
2023-07-23T09:05+0500
2023-07-23T09:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_0:35:1200:710_1920x0_80_0_0_09045fcd6117f9b0be3a2bda4ffcb533.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. 21-iyul kuni “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:2023 yil 1-dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.“GSP+” tizimi imtiyozlari qo‘llanilishiga doir ma’lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish monopol funksiyasi bekor qilinadi.2023 yil 1-avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda (quyida ro‘yxati keltirilgan) yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.Shuningdek, bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230711/investitsiya-menejeri-lavozimi-36782061.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_140:0:1038:673_1920x0_80_0_0_be9a38519cde710c3ce3efd00560adde.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya menejerlari
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya menejerlari
Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida qator tashkilotlar tashkil etiladi
1 dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. 21 iyul kuni “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni
qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi;
Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazi;
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tizimida Investorlar markazi;
Eksportni rag‘batlantirish agentligi tizimida Eksportchilar markazi.
2023 yil 1-dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.
“GSP+” tizimi imtiyozlari qo‘llanilishiga doir ma’lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.
“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish monopol funksiyasi bekor qilinadi.
2023 yil 1-avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda (quyida ro‘yxati keltirilgan) yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.
Shuningdek, bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.