https://oz.sputniknews.uz/20230721/yangi-toshkent-er-uchastkalari-auksion-37038964.html
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uni Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida qurish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.
2023-07-21T14:01+0500
2023-07-21T14:01+0500
2023-07-21T14:01+0500
jamiyat
yangi toshkent
auksion
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36750671_0:0:3157:1776_1920x0_80_0_0_f3af061a33c16abe2788de0ecb4733d6.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. 20-iyul kuni prezidentning “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvargacha Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uni Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida qurish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20230413/yangi-toshkent-33903622.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36750671_426:0:3157:2048_1920x0_80_0_0_61152c1bb7346cf1259943ee9611d9e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi toshkent shahri loyiha ma’lumot maydon
yangi toshkent shahri loyiha ma’lumot maydon
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
2027 yil 1-yanvargacha Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. 20-iyul kuni prezidentning “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvargacha Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uni Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida qurish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.
Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni
ajratilmoqda.