Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik jinoyatchi deportatsiya qilindi

© SputnikRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
Jinoyatchi turli ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik g‘oyalar bo‘lgan audiomateriallarni tarqatgan.
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy burosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatib kelgan.

"Qidiruvdagi shaxs boshqa bir mamlakatning telefon raqamidan foydalanib, yangi profil yaratgan. Hamda turli ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik g‘oyalar bo‘lgan audiomateriallarni tarqatgan", - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor harakatlarda jinoyatchi mamlakat huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0