Saidov va Rossiya elchisi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© MID UzbekistanaPosol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov i ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov
Posol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov i ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginovning O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, suhbat avvalida Malginov Saidovni O‘zbekiston prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklagan.
“Tomonlar ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish va turli darajadagi tashriflarni muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
MDH, ShHT, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0