O‘zbekiston BAA bilan odam savdosiga qarshi kurash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh konsulligi va "Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg‘armasi" hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Bosh konsulligi diplomatlari "Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg‘armasi" boshqarma boshlig‘i Fatma Al Baaj Almoatasem Belah bilan uchrashishdi.
Tomonlar, odam savdosiga oid muammolar, ularning kelib chiqishi sabablari, bartaraf etish yo‘llari, ushbu illatdan jabr ko‘rganlarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, aybdorlarga nisbatan esa qonuniniy chora ko‘rish amaliyotlari bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Fatma Al Baaj Almoatasem Belah, o‘z navbatida, O‘zbekistonning ushbu global muommaga qarishi kurash bo‘yicha vazifalarini va natijalarini yuqori baholadi.
"Odam savdosidan jabr ko‘rayotganlar orasida ayollar soni ortib borayotgani hamda transmilliy jinoyatchilik chegara tanlamasligi inobatga olinib, yuqoridagi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhim", - dedi Fatma Al Baaj Almoatasem Belah.
Bo‘lib o‘tgan suhbat yakunida O‘zbekiston Bosh konsulligi va "Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg‘armasi" o‘rtasida odam savdosi qurboni bo‘lgan ayollar hamda undan jabr ko‘rganlarni himoya qilish maqsadida ikki tomonlama Hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi loyihasini kelishib olishgan edi. Hujjatda odam savdosi, noqonuniy migratsiya kabi jinoyatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari ham o‘z aksini topgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlashda hamkorlik qilishga kelishib olgan. Ikki davlat o‘rtasida imzolangan hujjat giyohvandlik, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0