O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab YaIM ko‘rsatkichlari pasayishi kutilmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
YaIMning haftalik dinamikasi ko‘rsatkichlari pasayishi O‘zbekistonning ayrim asosiy savdo hamkorlarida iqtisodiy nobarqarorlik davom etayotgani bilan bog‘liq.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab yalpi ichki mahsulotning (YaIM) haftalik dinamikasi ko‘rsatkichlari pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Jamshid Axmatov ma’lum qildi.
Aytilishicha, YaIMning haftalik dinamikasi ko‘rsatkichlari pasayishi O‘zbekistonning ayrim asosiy savdo hamkorlarida iqtisodiy nobarqarorlik davom etayotgani bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida suv resurslarining kamayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi, shuningdek, inflyatsiyani jilovlash uchun qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish xavfi mavjud.
Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi yoz boshidan beri kuzatilayotgan iqtisodiy faollikning pasayishi bilan ham bog‘liq.

“Iyun oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi joriy yilning o‘tgan oyiga nisbatan 7,8% punktga kamaydi. Shuningdek, ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi may oyidagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 3 punktni yo‘qotdi, ammo ijobiy tendensiyani saqlab qoldi”, deyiladi xabarda.

Ushbu cheklovchi omillarga qaramay va YaIM dinamikasining haftalik prognoz ko‘rsatkichlarini birlashtirgan holda, 2023-yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatning iqtisodiy o‘sishi 5,5%ni tashkil etadi. Shu bilan birga, prognoz qilingan diapazon 5,3% - 5,6% oralig‘ida o‘zgaradi.
Tahlil markazining hisob-kitoblarga ko‘ra, YaIM o‘sishi joriy yilning 9 oyida 5,5% tashkil etishi baholanmoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilgani va iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan bog‘liq.
Yangiliklar lentasi
0