https://oz.sputniknews.uz/20230720/qashqadaryo-hitoy-avtomobil-ishlab-chiqarish-37010670.html
Qashqadaryo viloyati Xitoy bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Qashqadaryo viloyati Xitoy bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo viloyati hokimi Qarshida Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
2023-07-20T12:50+0500
2023-07-20T12:50+0500
2023-07-20T16:50+0500
iqtisod
xitoy
o‘zbekiston
qashqadaryo viloyati
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/14/37010826_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_8b6a782c4ad20d172c63a016d9942891.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin, deya xabar berdi viloyat hokimligi.Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo‘lib turibdi. Tashrifining ikkinchi kunida delegatsiya a’zolari "JAC Motors" kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdi.Aytilishicha, hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar ketmoqda.Viloyatda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda.
xitoy
o‘zbekiston
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/14/37010826_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_12d8b14bdfd5e4fbffeaea09a7da227c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryo xitoy avtomobil murotjon azimov jac mators
qashqadaryo xitoy avtomobil murotjon azimov jac mators
Qashqadaryo viloyati Xitoy bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
12:50 20.07.2023 (yangilandi: 16:50 20.07.2023) Qashqadaryo viloyati hokimi Qarshida Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin, deya xabar berdi
viloyat hokimligi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo‘lib turibdi. Tashrifining ikkinchi kunida delegatsiya a’zolari "JAC Motors" kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdi.
“Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan an’anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar ketmoqda.
“Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qog‘ozi bo‘lishini ta’kidladi. Ya’ni, kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Viloyatda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda.