https://oz.sputniknews.uz/20230720/migrantlar-oila-azolari-uchun-qanday-imtiyozlar-37014814.html
Migrantlar oila a’zolari uchun qanday imtiyozlar bor?
Migrantlar oila a’zolari uchun qanday imtiyozlar bor?
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmatov migrantlar oila a’zolari uchun qanday imtiyozlar borligi haqida ma’lumot berdi.
2023-07-20T19:30+0500
2023-07-20T19:30+0500
2023-07-21T09:33+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
rossiya
imtiyoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/64/94/649413_0:197:3077:1928_1920x0_80_0_0_0f4016683cb6bdd62e6a5f6990060d5e.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Agarda mehnat migrantining oilasi ijtimoiy himoya reyestrida tursa, oilasiga hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra, BHMning 2 baravari miqdorida bir martalik yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yildi, dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmatov Sputnik muxbiriga.Uning so‘zlariga ko‘ra, agar migrantning nogiron oila a’zosi bo‘lsa, ularga zarur vositalarni xarid qilish uchun beg‘araz yordam berish yo‘lga qo‘yilgan. Vositalarni sotib olish uchun oilasiga BHMning 5 barovar miqdorida moddiy yordam ajratiladi.Shuningdek, migrantning o‘zi bilan birga yashaydigan pensioner ota-onasi yoki oilasida nogiron bo‘lsa, Kasaba uyushmasi federatsiyasi qoshidagi sanatoriylarga bir yilda bir marta dam olish uchun yo‘llanma beriladi.Yoshlar yetakchisi tavsiyasiga asosan, migrant farzandlarini oromgohlarga bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.Migrantlar eng ko‘p so‘ragan savollarga javoblar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/64/94/649413_346:0:3077:2048_1920x0_80_0_0_cad4a0fc5d84ec3e145250ec468abb70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migrantlar imtiyozlar musofirlar
migrantlar imtiyozlar musofirlar
Migrantlar oila a’zolari uchun qanday imtiyozlar bor?
19:30 20.07.2023 (yangilandi: 09:33 21.07.2023) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmatov migrantlar oila a’zolari uchun qanday imtiyozlar borligi haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Agarda mehnat migrantining oilasi ijtimoiy himoya reyestrida tursa, oilasiga hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra, BHMning 2 baravari miqdorida bir martalik yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yildi, dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmatov Sputnik muxbiriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar migrantning nogiron oila a’zosi bo‘lsa, ularga zarur vositalarni xarid qilish uchun beg‘araz yordam berish yo‘lga qo‘yilgan. Vositalarni sotib olish uchun oilasiga BHMning 5 barovar miqdorida moddiy yordam ajratiladi.
Shuningdek, migrantning o‘zi bilan birga yashaydigan pensioner ota-onasi yoki oilasida nogiron bo‘lsa, Kasaba uyushmasi federatsiyasi qoshidagi sanatoriylarga bir yilda bir marta dam olish uchun yo‘llanma beriladi.
Yoshlar yetakchisi tavsiyasiga asosan, migrant farzandlarini oromgohlarga bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.