https://oz.sputniknews.uz/20230719/maktablar-yuqori-internet-tezligi-tarif-rejalari-36980042.html
Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi
Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yil 1-yanvarga qadar maktablar uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan yangi tarif rejasi ishlab chiqiladi.
2023-07-19T16:13+0500
2023-07-19T16:13+0500
2023-07-19T16:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
internet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22666410_0:161:3068:1887_1920x0_80_0_0_35ec8921a9d0a0752f69052345106862.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi. Buni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.Hujjatda Raqamli texnologiyalari vazirligi 2024-yil 1-yanvarga qadar umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan yangi tarif rejasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Bunda, ta’lim muassasalarida 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent to‘lovi miqdorlarini belgilash va bunda ta’lim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda yil davomida uzluksiz ishlashi uchun zarur mablag‘larni o‘z vaqtida mahalliy budjetdan moliyalashtirib borishi ko‘zda tutilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22666410_542:35:2860:1774_1920x0_80_0_0_38d56432ab4187e858ed9f9ceaab8238.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maktab internet tezligi tarif rejalar
maktab internet tezligi tarif rejalar
Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi
2024 yil 1-yanvarga qadar maktablar uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan yangi tarif rejasi ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi. Buni nazarda tutuvchi
qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hujjatda Raqamli texnologiyalari vazirligi 2024-yil 1-yanvarga qadar umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan yangi tarif rejasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bunda, ta’lim muassasalarida 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.
“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent to‘lovi miqdorlarini belgilash va bunda ta’lim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda yil davomida uzluksiz ishlashi uchun zarur mablag‘larni o‘z vaqtida mahalliy budjetdan moliyalashtirib borishi ko‘zda tutilgan.