Istanbulda Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi

© Sputnik / Pavel BednyakovIstambul
Istambul  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Obuna bo‘lish
Medipol universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’lim yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Yo‘l xaritasi imzoladi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Istanbul Medipol universitetida Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Istanbul Medipol universitetida bo‘ldi. Safar davomida oliy o‘quv yurti rektori professor Omer Jeran bilan tibbiy ta’lim yo‘nalishidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati atroflicha muhokama etildi.
Muloqotda Istanbul Medipol universiteti qoshida akademiyaning vakolatxonasi ochilib, rektor Shodmonovga universitetning “Faxriy professor”i unvoni topshirildi.
© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanIstanbulda Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi
V Stambule otkrilos predstavitelstvo Tashkentskoy meditsinskoy akademii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2023
Istanbulda Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi

"Tomonlar shuningdek, tibbiy ta’lim yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Yo‘l xaritasi imzolashdi", deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, shu yil mamlakatda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Turkiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumida ishtirok etish, pedagog xodimlar malakasini oshirish va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Hindiston poytaxti Dehli shahrida o‘z vakolatxonasini ochgan edi.
Yangiliklar lentasi
0