Putin Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishiga munosabat bildirdi

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVladimir Putin, arxiv surat
Vladimir Putin, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari Rossiyaga qarshi kassetali o‘q-dorilar qo‘llanilgan taqdirda u “munosib javob berish huquqini” o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainaning kassetali o‘q-dorilarning qo‘llashiga javoban ulardan mos ravishda foydalanish huquqini o‘zida saqlab qolishidan ogohlantirdi.

“Rossiyada turli kassetali o‘q-dorilarning yetarlicha zaxirasi bor. Shu kungacha biz ularni qo‘llamadik, bizda bunday zarurat bo‘lmagan, garchi bizda ham muayan bir paytda o‘q-dorilarning yetishmasligi kuzatilgan vaqt bo‘lganiga qaramay. Biroq biz ularni (kassetali o‘q-dorilarni – tahr.) qo‘llamadik”, - dedi Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.

Putin Rossiyaga qarshi kassetali o‘q-dorilar qo‘llanilgan taqdirda u “munosib javob berish huquqini” o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi.
Rossiya davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishi va ularni qo‘llashni jinoyat deb hisoblash kerak.
“Kassetali o‘q-dorilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu o‘q-dorilarga AQSh ma’muriyati o‘z xodimlari bayonoti bilan o‘zi baho bergan edi. O‘shanda AQSh ma’muriyatining o‘zi kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni jinoyat deb atagandi. O‘ylaymanki, bunga ham shunday munosabatda bo‘lish kerak”, - dedi Putin.
13 iyul kuni Pentagon vakili Ukraina AQShdan kassetali o‘q-dorilar olganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0