https://oz.sputniknews.uz/20230715/toshkent-shahar-hokimligi-paxtakor-futbol-klubi-7-mlrd-som-36896511.html
Toshkent shahar hokimligi "Paxtakor" futbol klubiga 7 mlrd so‘m ajratdi
Toshkent shahar hokimligi "Paxtakor" futbol klubiga 7 mlrd so‘m ajratdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan klub faoliyati uchun zarur mablag‘ ajratildi.
2023-07-15T16:43+0500
2023-07-15T16:43+0500
2023-07-15T16:43+0500
sport
o‘zbekiston
toshkent
hokimiyat
futbol
paxtakor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/29991227_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_eae52b346f88c35e7f7c6a4efa821bcd.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “Paxtakor” futbol klubiga 7 mlrd so‘m ajratdi. Bu haqda hokimning 433-14-0-Q23 sonli qarori qabul qilindi.Aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi “Paxtakor” FK MChJning ta’sischisi va bosh homiysi hisoblanadi. Bu esa klubning xarajatlari asosan shahar hokimligi mahalliy budjet daromadlarining orttirilgan qismidan qoplab berilishini anglatadi.Shunga ko‘ra, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan klub faoliyati uchun zarur mablag‘ ajratilgan.Ayni kunda “Paxtakor” FK MChJda 334 nafar xodimi bor. Ularning 200 ga yaqini sportchilar bo‘lib, bular – asosiy tarkib, ayollar, yoshlar, futzal hamda ularning turli yoshdagi jamoalari hamda murabbiylardir.Jamiyatning qolgan a’zolari esa OFK va O‘FA reglamenti asosida ishlovchi xizmatchilardir. “Paxtakor” FKning akademiyasida esa 300 dan ortiq yoshlar ta’lim olayotgan bo‘lib, ularning murabbiylari ham MChJ xodimlari sanaladi.Ushbu jamoaning mehnat haqi, balansdagi 2 ta baza, 8 ta stadionni saqlash, futbolchilarni vitaminlar bilan ta’minlash, zarur texnik jihozlar xaridi, viloyatlardagi va chet ellardagi safarlar xarajatlarining barchasi ta’sischi, bosh va boshqa homiylar zimmasidadir.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/29991227_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1ed78adc4631dcaf044b44e073ea0d9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent shahar hokimligi qaror "paxtakor" futbol klubi 7 mlrd so‘m
toshkent shahar hokimligi qaror "paxtakor" futbol klubi 7 mlrd so‘m
Toshkent shahar hokimligi "Paxtakor" futbol klubiga 7 mlrd so‘m ajratdi
Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan klub faoliyati uchun zarur mablag‘ ajratildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “Paxtakor” futbol klubiga 7 mlrd so‘m ajratdi. Bu haqda hokimning
433-14-0-Q23 sonli qarori qabul qilindi.
Aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi “Paxtakor” FK MChJning ta’sischisi va bosh homiysi hisoblanadi. Bu esa klubning xarajatlari asosan shahar hokimligi mahalliy budjet daromadlarining orttirilgan qismidan qoplab berilishini anglatadi.
“Paxtakor” FK MChJ rahbariyatinning Toshkent shahar hokimligiga 13-iyul kuni yuborilgan xatida 2023-yilning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal to‘lovlar va o‘yin o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun klubga 7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi so‘ralgan”, deyiladi xabarda.
Shunga ko‘ra, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan klub faoliyati uchun zarur mablag‘ ajratilgan.
Xabarda bu mablag‘ futbolni rivojlantirishga qaratilganligi, uni kimgadir tegishli tizimni moliyalashtirish degan talqin noo‘rin ekanligi aytilgan.
Ayni kunda “Paxtakor” FK MChJda 334 nafar xodimi bor. Ularning 200 ga yaqini sportchilar bo‘lib, bular – asosiy tarkib, ayollar, yoshlar, futzal hamda ularning turli yoshdagi jamoalari hamda murabbiylardir.
Jamiyatning qolgan a’zolari esa OFK va O‘FA reglamenti asosida ishlovchi xizmatchilardir. “Paxtakor” FKning akademiyasida esa 300 dan ortiq yoshlar ta’lim olayotgan bo‘lib, ularning murabbiylari ham MChJ xodimlari sanaladi.
Ushbu jamoaning mehnat haqi, balansdagi 2 ta baza, 8 ta stadionni saqlash, futbolchilarni vitaminlar bilan ta’minlash, zarur texnik jihozlar xaridi, viloyatlardagi va chet ellardagi safarlar xarajatlarining barchasi ta’sischi, bosh va boshqa homiylar zimmasidadir.