O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmaganlarga qayerda ishlash taqiqlanadi — ro‘yxat

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRemont asfaltobetonnogo pokritiya
Remont asfaltobetonnogo pokritiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Endi 18 yoshga to‘lmagan shaxsni novvoy sifatida ishlatish mumkin emas. Bu haqda Hukumat tomonidan qabul qilingan 290-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi.
Quyidagi ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi:
Ko‘mirni boyitish apparatchisi;
Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
Yer osti kon ishchisi;
Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni meyoriga yetkazuvchi;
Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;
Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;
Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
Gipsni qizdiruvchi;
Asfaltbetonchi;
Novvoy;
Xamir qoruvchi;
Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;
Muzqaymoq tayyorlovchi;
Naqqosh;
Yo‘lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, bolalarni o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat bo‘lib, u sudlar tomonidan 8 soatdan 240 soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Yangiliklar lentasi
0