Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi — u haqda nimalar ma’lum?

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasiga tayinlandi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.
Qayd etilishicha, Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasiga tayinlandi.
© Xokimiyat Buxarskoy oblastiJamshid Tursunov vozglavil Komitet po avtodorogam
Jamshid Tursunov vozglavil Komitet po avtodorogam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Jamshid Tursunov vozglavil Komitet po avtodorogam
Bungacha Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Jamshid Tursunov Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 12 nafar tuman va shahar hokimlarini ishdan olgan edi. Shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun qator tashkilotlar, jumladan “Avtoyo‘l” rahbari A.Abduvaliyev ham lavozimdan ozod etilgan.
Yangiliklar lentasi
0