https://oz.sputniknews.uz/20230713/rossiya-xalqaro-festival-ozbekistonning-sayyohlik-salohiyati-36818575.html
Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro festivalda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdim etildi
Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro festivalda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
“Xalqlar do‘stligi” xalqaro festivalida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
2023-07-13T08:48+0500
2023-07-13T08:48+0500
2023-07-13T11:35+0500
turizm
o‘zbekiston
rossiya
festival
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36818661_0:0:662:372_1920x0_80_0_0_ea98fd2d4276126e0cae084822be9b39.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk viloyati Ordinskiy tumanida o‘tkazilgan “Xalqlar do‘stligi” xalqaro festivalida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.Tadbirda Novosibirsk viloyatida joylashgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar, Sibir federal okrugi davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda mintaqadagi turli millat va elat vakillari qatnashdi.Ishtirokchilarga, shuningdek, O‘zbekistonning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib to‘rt faslni qamrab oladigan turizm yo‘nalishlari, yangi foydalanishga topshirilgan mehmonxona va boshqa infratuzilma obyektlari haqida so‘zlab berildi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlari, xususan o‘zbek milliy taomlari alohida ta’kidlandi.Tadbirning madaniy qismida o‘zbek kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36818661_0:0:662:497_1920x0_80_0_0_977b8506f6b3b406092ab084e8f213fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston sayyohlik salohiyati
rossiya o‘zbekiston sayyohlik salohiyati
Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro festivalda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdim etildi
08:48 13.07.2023 (yangilandi: 11:35 13.07.2023) “Xalqlar do‘stligi” xalqaro festivalida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk viloyati Ordinskiy tumanida o‘tkazilgan “Xalqlar do‘stligi” xalqaro festivalida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar bermoqda. Tadbirda Novosibirsk viloyatida joylashgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar, Sibir federal okrugi davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda mintaqadagi turli millat va elat vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston Bosh konsulligi diplomatlari taqdimot davomida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatning boy sayyohlik salohiyati, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlardagi tarixiy obidalar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasining ahamiyati alohida urg‘ulandi.
Ishtirokchilarga, shuningdek, O‘zbekistonning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib to‘rt faslni qamrab oladigan turizm yo‘nalishlari, yangi foydalanishga topshirilgan mehmonxona va boshqa infratuzilma obyektlari haqida so‘zlab berildi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlari, xususan o‘zbek milliy taomlari alohida ta’kidlandi.
Tadbirning madaniy qismida o‘zbek kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.