Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaNodirbek Abdusattorov sigrayet s Magnusom Karlsenom na mejdunarodnom shaxmatnom turnire Tata Steel Chess-2023.
Nodirbek Abdusattorov sigrayet s Magnusom Karlsenom na mejdunarodnom shaxmatnom turnire Tata Steel Chess-2023. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Abdusattorov 0,5:2,5 hisoblarida yutqazib qo‘ydi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov kecha “Aimchess Rapid” onlayn turniri finalida norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o‘yin o‘tkazdi va raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu haqda Abdusattorovning Telegam kanalida xabar berildi.

Abdusattorov 0,5:2,5 hisoblarida yutqazib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov musobaqa davomida Uesli So va Levon Aronyan kabi raqiblarni mag‘lubiyatga uchratib, finalga qadar yetib kelgandi.
Joriy yilning iyun oyida Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess” musobaqasining 9-turida Magnus Karlsen bilan dona surgan edi. Asosiy vaqtda durang qayd etildi. Armagedonda (oldingi tay-breyklarda g‘olib aniqlanmagan taqdirda o‘ynaladigan o‘yin) Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsendan ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0