Baxtiyor Saidov Qatar elchisi bilan uchrashdi

© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov Qatar elchisi bilan uchrashdi
Baxtiyor Saidov Qatar elchisi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan erishilgan muhim kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim janoblari bilan samimiy suhbatlashdik”, - deb yozadi Saidov.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan erishilgan muhim kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar amiri 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0