Qariyb 7 ming nafar "nolegal" migrant Rossiyadan deportatsiya qilindi — IIV

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPolitsiya xodimlari va yo‘lovchi
Politsiya xodimlari va yo‘lovchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bo‘yicha qoidabuzarliklar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Qariyb 7 ming chet el fuqarolari “Nolegal-2023” operatsiyasi doirasida Rossiyadan chiqarib yuborildi, migratsiya qonunchiligi bo‘yicha 45 ming qoidabuzarliklar aniqlandi, deb xabar berdi Musofir/Migrant Telegram - kanali RF IIV matbuot xizmatiga asosan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning ma’lum qilishicha, mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlari KXShTga a’zo davlatlardagi hamkasblari bilan birgalikda “Nolegal-2023” operatsiyasining birinchi bosqichini amalga oshirgan.
Asosiy harakatlar mamlakatlar hududida “migratsiya vaziyatini barqarorlashtirish”ga qaratilgan. Shuningdek, noqonuniy migratsiya kanallarini aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha amaliy vazifalar hal etilgan.
Rasmiy vakilning qayd etishicha, amaliyot davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 mingga yaqin migratsiya qoidabuzarliklarini aniqlagan. 33 mingdan ortiq holat Rossiyaga kirish, chiqish, tranzit o‘tish va bo‘lish qoidalarini buzishga aloqador. Shuningdek, xorijliklar tomonidan 12 mingdan ortiq mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibini buzish holatlari qayd etilgan.
“Xorijiy fuqarolarga nisbatan Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy chiqarib yuborish va deportatsiya qilish to‘g‘risida yetti mingga yaqin qaror qabul qilindi. Noqonuniy migratsiyani tashkil etish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi, qurol-yarog‘ning noqonuniy muomalasi, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha ikki mingdan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 273 nafar shaxs federal va xalqaro qidiruvga berilgan”, — dedi Volk.
Yangiliklar lentasi
0