https://oz.sputniknews.uz/20230712/rossiya-banklari-shubhali-pul-otkazmalarini-sinchiklab-tekshiradi-yangi-qonun-36799584.html
Rossiya banklari shubhali pul o‘tkazmalarini sinchiklab tekshiradi — yangi qonun
Rossiya banklari shubhali pul o‘tkazmalarini sinchiklab tekshiradi — yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Davlat Dumasi banklarni firibgarlarning hisob raqamlariga o‘tkazilgan jismoniy shaxslarning mablag‘larini to‘liq qoplash majburiyatini yuklashni nazarda tutadigan qonunni qabul qildi
2023-07-12T13:27+0500
2023-07-12T13:27+0500
2023-07-12T13:27+0500
rossiya
bank
markaziy bank
rossiya davlat dumasi
firibgarlik
firibgar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/564/90/5649046_0:160:3076:1890_1920x0_80_0_0_b20e948553efc07eda627f7e14f9da00.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi banklarni firibgarlarning hisob raqamlariga o‘tkazilgan jismoniy shaxslarning mablag‘larini to‘liq qoplash majburiyatini yuklashni nazarda tutadigan qonunni qabul qildi.Hujjat bank hisobvaraqlaridan o‘g‘irlanishiga (firibgarlikka qarshi) qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish va banklar tomonidan o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish miqdorini oshirishga qaratilgan.Dumaning Moliyaviy bozor qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov ta’kidlaganidek, Rossiyada ijtimoiy muhandislik usullaridan foydalangan holda firibgarlik kuchaymoqda, bunda odamlar ixtiyoriy ravishda jinoyatchilarga to‘lov kartalari raqamlari, kodlar va parollarni beradilar.Shu sababli yangi qonun banklarni pul mablag‘larini hisobdan chiqarishdan oldin barcha o‘tkazmalarda firibgarlik belgilari bor-yo‘qligini tekshirish, jumladan, ruxsatsiz pul o‘tkazish holatlari va urinishlari to‘g‘risida Markaziy bank ma’lumotlar bazasini tekshirish majburiyatini yuklaydi. Savol tug‘diradigan hisob raqamlariga pul o‘tkazilsa yoki operatsiyalarning o‘zi shubha tug‘dirsa, bank ikki kun davomida bunday o‘tkazmalarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.Bundan tashqari, agar Ichki ishlar vazirligi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki jinoyatlar to‘g‘risidagi ariza va xabarlar reyestrida yozuv paydo bo‘lsa, banklar firibgarning masofaviy xizmatini o‘chirib qo‘yishi kerak bo‘ladi. Rossiya banki bu ma’lumotni oladi, keyin esa kredit tashkilotlariga yetkazadi, dedi Markaziy bankning axborot xavfsizligi bo‘limi rahbari Vadim Uvarov.Shu bilan birga, o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish mexanizmi ko‘rsatilgan. Hozirda Markaziy bankning FinSERT ma’lumotlar bazasiga allaqachon kiritilgan soxta hisobvaraqlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmoqda. Agar bank bunday ma’lumotni olgan bo‘lsa-da, jinoyatchilarning hisob raqamiga pul o‘tkazmasini amalga oshirsa, u mijozning arizasini olganidan keyin 30 kun ichida va transchegaraviy o‘tkazmada ushbu mablag‘larni to‘liq qoplashi shart — 60 kun ichida.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/564/90/5649046_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_08863de720bc58f5e721a92166b86f78.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya banklari shubhali pul o‘tkazmalarini sinchiklab tekshiradi
rossiya banklari shubhali pul o‘tkazmalarini sinchiklab tekshiradi
Rossiya banklari shubhali pul o‘tkazmalarini sinchiklab tekshiradi — yangi qonun
Davlat dumasi Rossiya banklarini mijozning firibgarlarga o‘tkazilgan pullarini qaytarishga majbur qildi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi banklarni firibgarlarning hisob raqamlariga o‘tkazilgan jismoniy shaxslarning mablag‘larini to‘liq qoplash majburiyatini yuklashni nazarda tutadigan qonunni qabul qildi.
Hujjat bank hisobvaraqlaridan o‘g‘irlanishiga (firibgarlikka qarshi) qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish va banklar tomonidan o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish miqdorini oshirishga qaratilgan.
Dumaning Moliyaviy bozor qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov ta’kidlaganidek, Rossiyada ijtimoiy muhandislik usullaridan foydalangan holda firibgarlik kuchaymoqda, bunda odamlar ixtiyoriy ravishda jinoyatchilarga to‘lov kartalari raqamlari, kodlar va parollarni beradilar.
Shu sababli yangi qonun banklarni pul mablag‘larini hisobdan chiqarishdan oldin barcha o‘tkazmalarda firibgarlik belgilari bor-yo‘qligini tekshirish, jumladan, ruxsatsiz pul o‘tkazish holatlari va urinishlari to‘g‘risida Markaziy bank ma’lumotlar bazasini tekshirish majburiyatini yuklaydi. Savol tug‘diradigan hisob raqamlariga pul o‘tkazilsa yoki operatsiyalarning o‘zi shubha tug‘dirsa, bank ikki kun davomida bunday o‘tkazmalarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Bundan tashqari, agar Ichki ishlar vazirligi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki jinoyatlar to‘g‘risidagi ariza va xabarlar reyestrida yozuv paydo bo‘lsa, banklar firibgarning masofaviy xizmatini o‘chirib qo‘yishi kerak bo‘ladi. Rossiya banki bu ma’lumotni oladi, keyin esa kredit tashkilotlariga yetkazadi, dedi Markaziy bankning axborot xavfsizligi bo‘limi rahbari Vadim Uvarov.
Shu bilan birga, o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish mexanizmi ko‘rsatilgan. Hozirda Markaziy bankning FinSERT ma’lumotlar bazasiga allaqachon kiritilgan soxta hisobvaraqlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmoqda. Agar bank bunday ma’lumotni olgan bo‘lsa-da, jinoyatchilarning hisob raqamiga pul o‘tkazmasini amalga oshirsa, u mijozning arizasini olganidan keyin 30 kun ichida va transchegaraviy o‘tkazmada ushbu mablag‘larni to‘liq qoplashi shart — 60 kun ichida.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir yil o‘tgach kuchga kiradi.