Bugun poytaxtning qator tumanlarida “svet” bo‘lmaydi — manzillar

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishelektr uzatish liniyalari
elektr uzatish liniyalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentning 3 ta tumanidagi ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtdagi uchta MFYning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Sergeli tumani: “Qo‘shqo‘rg‘on” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan soat 16:00 gacha;
Uchtepa tumani: “Tepaqo‘rg‘on” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan soat 12:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: “Oltintepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan soat 16:00 gacha.
Qayd etilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0