https://oz.sputniknews.uz/20230710/saylovda-hech-qanday-qonunbuzilish-holatlari-qayd-etilmadi-shht-bosh-kotibi--36750200.html
Saylovda hech qanday qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi — ShHT bosh kotibi
Saylovda hech qanday qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi — ShHT bosh kotibi
Sputnik O‘zbekiston
Saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlari qayd etilmadi — ShHT bosh kotibi
2023-07-10T14:07+0500
2023-07-10T14:07+0500
2023-07-10T14:56+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36536870_980:324:2466:1160_1920x0_80_0_0_433de24319fe9eaae278093540d8d928.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. ShHT kuzatuvchilari saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi, dedi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chan Min brifingda.Uning so‘zlariga ko‘ra, 5 - 9-iyul kunlari ShHTning kuzatuvchilar missiyasi markaziy saylov komissiyasining taklifnomasiga binoan o‘z kuzatuvchilik missiyasini amalga oshirdi.Missiyaning 22 nafar kuzatuvchi akkreditatsiya qilingan. Ular saylov, qonunchilik, ijro, ShTH davlatlari diplomatik vakillari va ShHTning kotibiyat vakillari kuzatuvchi sifatida respublikada ro‘yxatdan o‘tgan.7-9 iyul missiya vakillari Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan 40 tadan ortiq saylov uchastkalari bilan borib tanishdi, ovozlarni hisoblash jarayonida ham qatnashdi. Saylovchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Saylov komissiya vakillari jamoatchilik tomonidan belgilangan kuzatuvchilar bilan ham erkin suhbatlar o‘tkazishdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilar missiyasi o‘z tomonidan O‘zbekistonda qilingan tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berayapti. Bu tayyorgarlik ishlari to‘la-to‘kis erkin saylovlarni o‘tkazilishiga zamin yaratdi va ularni asosiy vazifasi fuqarolarga xabardorlikni oshirish va bu ishlarda OAV vakillarini ham jalb qilishdan iborat edi.“Kuzatuvlar paytida biz fuqarolarni faol qatnashuvi va shu bilan birgalikda saylov komissiyalarni yuqori tayyorgarlik darajasiga guvoh bo‘ldik. Kuzatuvlarimiz natijasida shuni aytishimiz mumkinki, butun saylov jarayoni tinchlik va hech qanday tashqaridan keskinliklar va shu bilan birgalikda biz tomonimizdan hech qanday e’tirozlar va arzlar kuzatilmadi. Shu bilan birgalikda nostandart holatlar ham kuzatilmadi”, - dedi u.Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar kuni missiya vakillari hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi. Kuzatuvchilar missiyasi muddatidan ilgari prezident saylovlari O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro standarlarga muvofiq o‘tkazildi.Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.Unda prezidentlikka 4ta partiyadan quyidagi nomzodlar ishtirok etmoqda: Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan 7-iyulga qadar davom etdi.Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ular 14 ta saylov okrugiga biriktirildi. Ularning faoliyatini 266 nafar saylov komissiyasi a’zosi nazorat qilib boradi.Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.Rossiyaning 7 ta shahrida saylov uchastkalari tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil etilgan.O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyundan 5 iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 376 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.O‘zbekiston prezidenti saylovini yuzlab xorijlik kuzatuvchilar va mingdan ortiq jurnalistlar kuzatib bormoqda. Xususan, xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan kelgan 797 nafar kuzatuvchi va 1400 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan, muayan okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etilgan. Shuningdek ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosida tayyorlangan maxsus trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkazib beriladi.O‘zbekistonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 47 foizini erkaklar, 53 foizini ayollar tashkil etadi. 30,1 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi joy oldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36536870_1212:325:2468:1267_1920x0_80_0_0_5f61ba5ac0021e15e4a758e0496df168.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlari qayd etilmadi — shht bosh kotibi
saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlari qayd etilmadi — shht bosh kotibi
Saylovda hech qanday qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi — ShHT bosh kotibi
14:07 10.07.2023 (yangilandi: 14:56 10.07.2023) ShHT kuzatuvchilari saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi – Chan Min.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. ShHT kuzatuvchilari saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi, dedi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chan Min brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 5 - 9-iyul kunlari ShHTning kuzatuvchilar missiyasi markaziy saylov komissiyasining taklifnomasiga binoan o‘z kuzatuvchilik missiyasini amalga oshirdi.
Missiyaning 22 nafar kuzatuvchi akkreditatsiya qilingan. Ular saylov, qonunchilik, ijro, ShTH davlatlari diplomatik vakillari va ShHTning kotibiyat vakillari kuzatuvchi sifatida respublikada ro‘yxatdan o‘tgan.
Kuzatuvchilar missiyasi o‘z funksional vazifalarini ShHT davlatlarining standartiga muvofiq va shu bilan birga siyosiy neytralitet va mamlakatdagi ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi va mamlakatning ichki qoida va tartiblariga muvofiq o‘z kuzatuv vazifalarini amalga oshirdi, — dedi ShHT bosh kotibi.
7-9 iyul missiya vakillari Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan 40 tadan ortiq saylov uchastkalari bilan borib tanishdi, ovozlarni hisoblash jarayonida ham qatnashdi. Saylovchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Saylov komissiya vakillari jamoatchilik tomonidan belgilangan kuzatuvchilar bilan ham erkin suhbatlar o‘tkazishdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilar missiyasi o‘z tomonidan O‘zbekistonda qilingan tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berayapti. Bu tayyorgarlik ishlari to‘la-to‘kis erkin saylovlarni o‘tkazilishiga zamin yaratdi va ularni asosiy vazifasi fuqarolarga xabardorlikni oshirish va bu ishlarda OAV vakillarini ham jalb qilishdan iborat edi.
“Kuzatuvlar paytida biz fuqarolarni faol qatnashuvi va shu bilan birgalikda saylov komissiyalarni yuqori tayyorgarlik darajasiga guvoh bo‘ldik. Kuzatuvlarimiz natijasida shuni aytishimiz mumkinki, butun saylov jarayoni tinchlik va hech qanday tashqaridan keskinliklar va shu bilan birgalikda biz tomonimizdan hech qanday e’tirozlar va arzlar kuzatilmadi. Shu bilan birgalikda nostandart holatlar ham kuzatilmadi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar kuni missiya vakillari hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi. Kuzatuvchilar missiyasi muddatidan ilgari prezident saylovlari O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro standarlarga muvofiq o‘tkazildi.
Kuzatuvchilar missiyasi saylovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi deb hisoblaydi va ular O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni yanada ilgarilashga qaratilgan, — deb qo‘shimcha qildi ShHT bosh kotibi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.
Unda prezidentlikka 4ta partiyadan quyidagi nomzodlar ishtirok etmoqda: Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan 7-iyulga qadar davom etdi.
Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ular 14 ta saylov okrugiga biriktirildi. Ularning faoliyatini 266 nafar saylov komissiyasi a’zosi nazorat qilib boradi.
Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil
etilgan.Rossiyaning 7 ta shahrida saylov uchastkalari tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil
etilgan.O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyundan 5 iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 376 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti saylovini yuzlab xorijlik kuzatuvchilar va mingdan ortiq jurnalistlar kuzatib
bormoqda. Xususan, xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan kelgan 797 nafar kuzatuvchi va 1400 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Saylov
bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan, muayan okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etilgan. Shuningdek ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosida tayyorlangan maxsus trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkazib beriladi.
O‘zbekistonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 47 foizini erkaklar, 53 foizini ayollar tashkil etadi. 30,1 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi
joy oldi.