Buxoroda IT-klaster tashkil etiladi

© unsplash.com/Arif RiyantoIT-dasturchisi Ish jarayonida
IT-dasturchisi Ish jarayonida
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2023
Obuna bo‘lish
Klasterda 2024-yilcha 1 300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi ham quriladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Hukumatning 273-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorako‘l IT-klasteri tashkil etiladi.
IT-klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi:
zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
ilmiy-tadqiqot markazlari, o‘quv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi.
Buning uchun 1-bosqichda 2023-yil 31-dekabrgacha ma’muriy bino, o‘quv laboratoriyasi va 5 600 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binolari quriladi.
2-bosqichda esa 2024-yil 1-sentabrgacha 1 300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, 15 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.
Yangiliklar lentasi
0