O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi

© Foto : jarmolukPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Sloveniya hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2023-yil 8-fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0