Baxtiyor Saidov Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

© Baxtiyor SaidovBaxtiyor Saidov Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi
Baxtiyor Saidov Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Kecha, 5-iyul kuni, Bokuda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qabul qildi. Bu haqda Baxtiyor Saidov Tyelegram kanalida xabar berdi.

“Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Janobi oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun katta sharafdir. O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi oliylarining Ozarbayjon yetakchisiga samimiy salomlarini yetkazdik”, - deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlaridagi bugungi ijobiy o‘suvchanlik yuqori baholandi.
Yangiliklar lentasi
0