https://oz.sputniknews.uz/20230705/ozbekiston-bishkek-yovvoyi-hayvon-osimliklar-36559137.html
O‘zbekiston Bishkekdagi yovvoyi hayvon va o‘simliklarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Bishkekdagi yovvoyi hayvon va o‘simliklarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning manfaatdor jihatlarini birlashtirish maqsad qilingan.
2023-07-05T11:29+0500
2023-07-05T11:29+0500
2023-07-05T11:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
ekologiya
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/05/36559278_0:322:2730:1858_1920x0_80_0_0_c58d4fa510e24fb07fc51baaeff74fd8.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo davlatlari uchun yovvoyi hayvon va o‘simliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda, deyiladi vazirlik xabarida. Seminar Qirg‘iziston tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vazirligi, “TRAFFIC” hamda “Fauna and Flora International” tashkilotlari tomonidan o‘tkazilmoqda.Seminar mazkur loyihalarning ba’zi natijalarini taqdim etish, mintaqadagi yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashning dolzarbligi to‘g‘risida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.Shuningdek, loyihalarning to‘rtta ishtirokchisi – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning manfaatdor jihatlarini birlashtirish ham maqsad qilingan.Qayd etilishicha, seminar 6-iyulgacha davom etadi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/05/36559278_604:381:1957:1396_1920x0_80_0_0_b4e41688423041c590012af7284f2ff4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bishkek yovvoyi hayvon o‘simliklar
o‘zbekiston bishkek yovvoyi hayvon o‘simliklar
O‘zbekiston Bishkekdagi yovvoyi hayvon va o‘simliklarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etmoqda
11:29 05.07.2023 (yangilandi: 11:39 05.07.2023) Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning manfaatdor jihatlarini birlashtirish maqsad qilingan.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo davlatlari uchun yovvoyi hayvon va o‘simliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda,
deyiladi vazirlik xabarida.
Seminar Qirg‘iziston tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vazirligi, “TRAFFIC” hamda “Fauna and Flora International” tashkilotlari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Qozog‘iston Bioxilma-xillikni saqlash assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Markaziy Osiyoda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan ikkita loyiha amalga oshirilmoqda.
Seminar mazkur loyihalarning ba’zi natijalarini taqdim etish, mintaqadagi yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashning dolzarbligi to‘g‘risida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, loyihalarning to‘rtta ishtirokchisi – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning manfaatdor jihatlarini birlashtirish ham maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, seminar 6-iyulgacha davom etadi.