https://oz.sputniknews.uz/20230630/mirziyoev-yoshlar-bayram-tabrik-36431552.html
Mirziyoyev yoshlarni bayram bilan tabrikladi
Mirziyoyev yoshlarni bayram bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident tabrigida qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan davrda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.
2023-06-30T10:23+0500
2023-06-30T10:23+0500
2023-06-30T14:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
yoshlar
tabrik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33789039_0:68:1280:788_1920x0_80_0_0_abd0c0aa6357f8bb37e187f0857716a5.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Hozirgi murakkab zamondagi keskin raqobatga tayyor bo‘lib voyaga yetayotgan yoshlar har qanday baland marrani egallashga qodir. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan davrda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.Mamlakatdagi barcha mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi.“Yoshlar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilib, so‘nggi ikki yilda 798 ming nafarga yaqin yoshlarga qariyb 1 trillion so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 53 ming nafar ehtiyojmand oilaga mansub talabaga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘lab berildi.Oliy ta’lim muassasalari soni salkam uch marta ko‘payib, 210 taga, qamrov darajasi esa 9 foizdan 38 foizga yetgani zamonaviy ilm va kasb sohalarini egallashda o‘g‘il-qizlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.Oxirgi uch yilning o‘zida 250 ming nafar yoshga 6 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratildi.Mamlakat bo‘yicha 210 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” tashkil etilib, 4 trillion so‘mlik 2,5 mingta loyiha amalga oshirildi. Natijada, yosh tadbirkorlar soni 2 karra ko‘payib, 200 mingdan oshdi.O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘tgan yili xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta oltin, 36 ta kumush va 38 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.Yosh sportchilar esa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bu yil 247 ta oltin, 119 ta kumush, 110 ta bronza medal sohibiga aylandilar. Keyingi yillarda yoshlarning 758 nafari davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33789039_75:45:1043:771_1920x0_80_0_0_f235e6a8d1aa7c5393ef8f4fabb59e66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev tabrik yoshlar
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev tabrik yoshlar
Mirziyoyev yoshlarni bayram bilan tabrikladi
10:23 30.06.2023 (yangilandi: 14:11 30.06.2023) Prezident tabrigida qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan davrda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Hozirgi murakkab zamondagi keskin raqobatga tayyor bo‘lib voyaga yetayotgan yoshlar har qanday baland marrani egallashga qodir. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigida
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan davrda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.
"Hech qachon unutmang, g‘alaba va baxt – astoydil intilganniki! Sizlarning yutug‘ingiz – bu butun el-yurtimizning yutug‘i. Xalqimiz sizlarga ishonadi, sizlarga tayanadi sizlardan kuch-g‘ayrat, ruh va ilhom oladi. O‘z oldingizga ulug‘ maqsadlar qo‘yib yashashdan aslo charchamang! Yangi O‘zbekistonni albatta sizlar bilan, butun mamlakatimiz yoshlari bilan birga barpo etamiz", - deyilgan prezident tabrigida.
Mamlakatdagi barcha mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi.
“Yoshlar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilib, so‘nggi ikki yilda 798 ming nafarga yaqin yoshlarga qariyb 1 trillion so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 53 ming nafar ehtiyojmand oilaga mansub talabaga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘lab berildi.
Oliy ta’lim muassasalari soni salkam uch marta ko‘payib, 210 taga, qamrov darajasi esa 9 foizdan 38 foizga yetgani zamonaviy ilm va kasb sohalarini egallashda o‘g‘il-qizlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Oxirgi uch yilning o‘zida 250 ming nafar yoshga 6 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratildi.
Mamlakat bo‘yicha 210 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” tashkil etilib, 4 trillion so‘mlik 2,5 mingta loyiha amalga oshirildi. Natijada, yosh tadbirkorlar soni 2 karra ko‘payib, 200 mingdan oshdi.
“Shu borada yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siz, azizlarning salohiyat va iqtidoringizni rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat va sharoitlarni yanada kengaytiramiz”, - deyiladi tabrikda.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘tgan yili xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta oltin, 36 ta kumush va 38 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yosh sportchilar esa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bu yil 247 ta oltin, 119 ta kumush, 110 ta bronza medal sohibiga aylandilar. Keyingi yillarda yoshlarning 758 nafari davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.