Xalq va armiya birligi, fuqarolar urushi xavfi : Putin murojaatidan asosiy bayonotlar

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti xalq va armiya isonchilar yonini olmaganini qayd etdi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan dam olish kunlaridagi qurolli ison ko‘tarishga bo‘lgan urinish paytida tartib va qonuniylikni ta’minlagan Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya, FXX, IIV va FMX bo‘linmalariga murojaat qildi.

Fuqarolar urushi xavfi

“Siz konstitutsiyaviy tuzim, fuqarolarimizning hayoti, xavfsizligi va ozodligini himoya qildingiz. Vatanimizni ag‘dar-to‘ntardan asrab qoldingiz, amalda fuqarolar urushini to‘xtatdingiz. Oddiy bo‘lmagan paytda sizlar aniq, inoq harakat qildingiz, o‘z ishingiz bilan Rossiya xalqiga va harbiy qasamodga sodiqligingizni isbotladingiz. Vatan taqdiri va uning kelaji uchun mas’uliyatni namoyon etdingiz”, - dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘linmalarni tez va aniq jalb qilish xavfli oqibatlar, tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lishining oldini olishga imkon bergan.

Xalq va armiya birlashdi

Rossiya prezidenti xalq va armiya isonchilar yonini olmaganini qayd etdi. Harbiylarning qat’iyligi va jasorati, jamiyatning birlashishi isonni bostirishda hal qiluvchi rolni o‘ynadi.
“Isonga jalb qilingan kishilar armiya, xalq ular bilan emasligini ko‘rishdi”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga “xizmat uchun, jasorat uchun, Rossiya xalqiga sadoqat uchun” minnatdorlik bildirdi va ularga muvaffaqiyat tiladi.
Ma’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" XHK qo‘shinlari Rostov-na-Donudagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish ochildi.
Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatilishi va u Belarusga ketishini ma’lum qildi. Kreml vakili oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi.
Kuni kecha Putin o‘zining navbatdagi murojaatida “Vagner” XHK jangchilari Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishlari, uyga qaytishlari yoki Belarusga ketishlari mumkinligini tasdiqladi.
Bugun qurolli ison yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish tugatilgani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0