https://oz.sputniknews.uz/20230627/iyul-oyi-qanday-ob-havo-36342685.html
Iyul oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda
Iyul oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyul kunlari havo haroratining qiymatlari +37...+40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublikaning janubida +41...+43 darajaga yetadi.
2023-06-27T12:08+0500
2023-06-27T12:08+0500
2023-06-27T12:37+0500
jamiyat
o‘zbekistonda ob-havo
ob-havo prognozi
ob-havo
o‘zgidromet
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36343541_0:0:2730:1536_1920x0_80_0_0_b25a26adf592f160c4f93ebb5a9e3701.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zgidrometning dastlabki prognoziga ko‘ra, bu yilgi iyul oyi juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda.Sinoptiklar ma’lumotlariga qaraganda, respublikaning katta qismida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda meyordan +1...+1,5 darajaga yuqori bo‘ladi.O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyul kunlari havo haroratining qiymatlari +37...+40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublikaning janubida +41...+43 darajaga yetadi.Biroq iyul oyi birinchi o‘n kunligining o‘rtalariga kelib, harorat+3...+5 darajaga pasayishi kutilmoqda.Iyul - yozning eng qizg‘in davri va aynan iyul oyida O‘zbekistonda eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi. O‘zbekistonda iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlim meyori) +35...+37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +38...+40 darajani tashkil etadi. Albatta, har yili iyul oyida kuchli issiq davrlar kuzatiladi, bunda havo harorati +39...+41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43...+45 darajagacha ko‘tariladi, eng issiq yillarda esa undan ham yuqori bo‘ladi.So‘nggi 8-yil ichida O‘zbekistonda barcha iyul oylari iqlim meyoridan issiqroq bo‘ldi va meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o‘ntalikka kirdi.O‘zbekistonda 2019-yilning iyul oyi eng issiq bo‘lib, uning o‘rtacha harorati meyordan +2...+4 darajaga yuqori bo‘ldi. 2018-yil va 2021-yillarning iyul oylari 2019-yil iyul oyining harorat foni bo‘yicha yaqin bo‘ldi. Shu yillarda maksimal havo harorati +40...+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +44...+45 darajagacha ko‘tarildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining (+46...+48 daraja) tarixiy maksimumi qayd etildi.Respublikaning qolgan hududlarida maksimal haroratning mutlaq rekordlari boshqa yillarda o‘rnatildi. Shunday qilib, Toshkentda havo harorati +44,6 darajani tashkil etgan rekord hali ham saqlanib turibti, u 25-yil oldin - 1997-yil iyul oyida qayd etilgan.2023 yil iyun oyida O‘zbekiston aholisi uzoq vaqt davomida juda issiq ob-havoni kuzatdilar. Issiq deyarli oyning boshidan boshlandi va ikkinchi o‘n kunlikning oxirigacha davom etdi.Iyun oyining oxirgi o‘n kunligi o‘rtalarida issiq sezilarli darajada zaiflashdi va havo harorati qisqa davrga iqlim meyoridan pastga tushdi. Oyning oxiriga kelib, havo harorati yana ko‘tarila boshladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36343541_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_62aef922efe1224fc55b25f75de2cc1e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iyul prognoz ob-havo o‘zgidromet o‘zbekiston
iyul prognoz ob-havo o‘zgidromet o‘zbekiston
Iyul oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda
12:08 27.06.2023 (yangilandi: 12:37 27.06.2023) O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zgidrometning dastlabki prognoziga ko‘ra, bu yilgi iyul oyi juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda.
Sinoptiklar
ma’lumotlariga qaraganda, respublikaning katta qismida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda meyordan +1...+1,5 darajaga yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyul kunlari havo haroratining qiymatlari +37...+40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublikaning janubida +41...+43 darajaga yetadi.
Biroq iyul oyi birinchi o‘n kunligining o‘rtalariga kelib, harorat
+3...+5 darajaga pasayishi kutilmoqda.
Iyul - yozning eng qizg‘in davri va aynan iyul oyida O‘zbekistonda eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi. O‘zbekistonda iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlim meyori) +35...+37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +38...+40 darajani tashkil etadi. Albatta, har yili iyul oyida kuchli issiq davrlar kuzatiladi, bunda havo harorati +39...+41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43...+45 darajagacha ko‘tariladi, eng issiq yillarda esa undan ham yuqori bo‘ladi.
So‘nggi 8-yil ichida O‘zbekistonda barcha iyul oylari iqlim meyoridan issiqroq bo‘ldi va meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o‘ntalikka kirdi.
O‘zbekistonda 2019-yilning iyul oyi eng issiq bo‘lib, uning o‘rtacha harorati meyordan +2...+4 darajaga yuqori bo‘ldi. 2018-yil va 2021-yillarning iyul oylari 2019-yil iyul oyining harorat foni bo‘yicha yaqin bo‘ldi. Shu yillarda maksimal havo harorati +40...+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +44...+45 darajagacha ko‘tarildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining (+46...+48 daraja) tarixiy maksimumi qayd etildi.
Respublikaning qolgan hududlarida maksimal haroratning mutlaq rekordlari boshqa yillarda o‘rnatildi. Shunday qilib, Toshkentda havo harorati +44,6 darajani tashkil etgan rekord hali ham saqlanib turibti, u 25-yil oldin - 1997-yil iyul oyida qayd etilgan.
2023 yil iyun oyida O‘zbekiston aholisi uzoq vaqt davomida juda issiq ob-havoni kuzatdilar. Issiq deyarli oyning boshidan boshlandi va ikkinchi o‘n kunlikning oxirigacha davom etdi.
Iyun oyining oxirgi o‘n kunligi o‘rtalarida issiq sezilarli darajada zaiflashdi va havo harorati qisqa davrga iqlim meyoridan pastga tushdi. Oyning oxiriga kelib, havo harorati yana ko‘tarila boshladi.