https://oz.sputniknews.uz/20230623/ozbekiston-hamdostlik-bolalari-forumi-36237392.html
O‘zbekiston ilk bor “Hamdo‘stlik bolalari” forumiga mezbonlik qilmoqda
O‘zbekiston ilk bor “Hamdo‘stlik bolalari” forumiga mezbonlik qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva: Forumning O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi, albatta, o‘ta muhim xalqaro tadbir bo‘lib, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.
2023-06-23T11:09+0500
2023-06-23T11:09+0500
2023-06-23T14:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
mdh
yoshlar
forum
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/17/36233756_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_2200e785be8935f15576cd439e65de3d.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlarning “Hamdo‘stlik bolalari” sakkizinchi xalqaro madaniy-ma’rifiy forumiga mezbonlik qilmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati.Forum Toshkent viloyatidagi “Semurg‘” sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tmoqda. “Hamdo‘stlik bolalari: zamonlar va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik” shiori ostida o‘tkazilmoqda.Bu yilgi forumda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan 14-17 yosh doirasidagi 10 nafardan maktab o‘quvchilari va ularning ustozlari ishtirok etmoqda.Xalqaro forumda 2013-2022 yillar mobaynida MDH davlatlaridan jami 800 ga yaqin maktab o‘quvchilari qatnashgan.Shuningdek, ishtirokchilarni Belarus Milliy Majlisi Kengashi raisi N.Kochanova hamda MDH Parlamentlararo Assambleyasi bosh kotibi – Kengash kotibiyati rahbari D.Kobiskiy ham tabrikladi.Bu yil ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan forumning har bir kuni muayan davlatning madaniyati va tarixiga bag‘ishlanadi. 29-iyunga qadar davom etadigan loyihada yoshlar sport o‘yinlari, sayohatlar, bahslar, ijodiy seminarlar, kvestlar, musiqiy fleshmoblarda ishtirok etadi. Suhbat va munozaralar davomida bolalar huquq va majburiyatlari, ekologiya, xalqaro hamkorlik, madaniyat, turizm kabi masalalar muhokama qilinadi.Tadbirning birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining taqdimoti o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari Oliy Majlis Senati binosiga tashrif buyurib, parlament a’zolari bilan uchrashishadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/17/36233756_303:0:996:520_1920x0_80_0_0_cb89498331386b431fe29c88629fbba5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston “hamdo‘stlik bolalari” forumi mdh yoshlar oliy majlis senati tanzila narbayeva
o‘zbekiston “hamdo‘stlik bolalari” forumi mdh yoshlar oliy majlis senati tanzila narbayeva
O‘zbekiston ilk bor “Hamdo‘stlik bolalari” forumiga mezbonlik qilmoqda
11:09 23.06.2023 (yangilandi: 14:34 23.06.2023) Tanzila Narbayeva: Forumning O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi, albatta, o‘ta muhim xalqaro tadbir bo‘lib, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlarning “Hamdo‘stlik bolalari” sakkizinchi xalqaro madaniy-ma’rifiy forumiga mezbonlik qilmoqda, deya xabar berdi
Oliy Majlis Senati. Forum Toshkent viloyatidagi “Semurg‘” sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tmoqda. “Hamdo‘stlik bolalari: zamonlar va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Bu yilgi forumda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan 14-17 yosh doirasidagi 10 nafardan maktab o‘quvchilari va ularning ustozlari ishtirok etmoqda.
Xalqaro forumda 2013-2022 yillar mobaynida MDH davlatlaridan jami 800 ga yaqin maktab o‘quvchilari qatnashgan.
“Forumning O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi, albatta, o‘ta muhim xalqaro tadbir bo‘lib, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Forum doirasida Yoshlar parlamenti a’zolari bilan bevosita muloqotni ham rejalashtirganmiz. Umid qilamanki, bunday muloqot yangi tashabbus va loyihalarni ilgari surish imkonini beradi”, - deyiladi Tanzila Narbayeva tomonidan forum ishtirokchilari uchun yo‘llangan qutlovda.
Shuningdek, ishtirokchilarni Belarus Milliy Majlisi Kengashi raisi N.Kochanova hamda MDH Parlamentlararo Assambleyasi bosh kotibi – Kengash kotibiyati rahbari D.Kobiskiy ham tabrikladi.
Bu yil ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan forumning har bir kuni muayan davlatning madaniyati va tarixiga bag‘ishlanadi. 29-iyunga qadar davom etadigan loyihada yoshlar sport o‘yinlari, sayohatlar, bahslar, ijodiy seminarlar, kvestlar, musiqiy fleshmoblarda ishtirok etadi.
Suhbat va munozaralar davomida bolalar huquq va majburiyatlari, ekologiya, xalqaro hamkorlik, madaniyat, turizm kabi masalalar muhokama qilinadi.
Tadbirning birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining taqdimoti o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari Oliy Majlis Senati binosiga tashrif buyurib, parlament a’zolari bilan uchrashishadi.