Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish tartibi qanday?

© Sputnik/Zafar XalilovOvoz berish uchastkasi
Ovoz berish uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanadi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar 28-iyun – 5-iyul kunlari muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin — qo‘llanma
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti:
ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar;
dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov bulletenini oladi.
© Press-slujba SIK UzbekistanaSaylov bulleteni
Obrazes izbiratelnogo bulletenya na viborax prezidenta Uzbekistana v 2023 godu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Saylov bulleteni
Saylovchi saylov bulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov bulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.
© Sputnik/Zafar XalilovOvoz berish uchastkasi
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan proxodit 30-aprelya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Ovoz berish uchastkasi
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov bulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0